Toshkentda ekologik vaziyatning yomonlashishi va yer resurslarining keskin tanqisligi fonida, shaharsozlik sohasidagi mavjud huquqiy normalar va qoidalarni e’tiborsiz qoldirib, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov, ularning qonuniyligi va jamoat manfaatlariga muvofiqligi borasida jiddiy savollar tug’diradigan qarorlarni qabul qilishni davom etmoqda. Jamoatchilik fikri yoki ekspertlar baholarini hisobga olmagan holda qabul qilingan ushbu qarorlar yashil maydonlar, bog’lar va tarixiy yodgorliklarning yo’q qilinishiga olib kelib, ularning o’rniga ko’p qavatli binolar va tijorat ob’ektlari qurilmoqda.
Bizga taqdim etilgan audioyozuvda, Toshkentning Sirg’ali tumanidagi Mirzo Tursunzoda va Shokirariq ko’chalari kesishmasida ko’p qavatli turar-joy majmuasini qurayotgan tashkilot vakili Doniyor Nortadjiyev, qurilish ishlaridan tobora ortib borayotgan jamoatchilik noroziligini yumshatishga harakat qilmoqda. Suhbatning asosiy jihati shundaki, mahalliy aholi tomonidan qurilishni to’xtatish uchun qaratilgan barcha harakatlari, muvaffaqiyatga erishish istiqbollari yo’qligidadir. Ushbu bayonotda, bu qurilishning ortida Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov shaxsan o’zi turganligi aytib o’tilgan. Bu esa, g’azablangan fuqarolarga, qurilish ishlari, ularning noroziliklari va e’tirozlariga qaramay davom etishi haqida ishora beradi. Bunday bayonot, fuqarolarga, ularning fikr bildirish va yashash sharoiti hamda atrof-muhit bilan bog’liq manfaatlarini himoya qilish bo’yicha, qonuniy huquqlarini bostirish uchun, bosim o’tkazish sifatida qaralishi mumkin.
Mahalla institutidan qonuniy himoya sifatida foydalanib, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov 2024-yilda Sirg’ali tumanidagi avtoturargohni “Ziynat” mahallasiga o’tkazish to’g’risida qaror chiqargan edi. 2024-yil 10-fevral kuni, “Ziynat” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Bekmirza Abdurahimov yig’ilish o’tkazib, to’rt qavatli bino qurish sharti bilan, avtoturargohning yer maydoni bir qismini – “Sergeli Savdo Markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga o’tkazib berish to’g’risida kengash qarorini chiqargan edi.
Oldindan shuni aytish joizki, hozirgi kunda qurilayotgan binoni 6-qavatida monolit inshootlarni qurish ishlari olib borilmoqda.
Avval avtoturargoh bo’lgan yer maydonini ikkinchi qismi esa, xuddi shunday tarzda, avtomobil yuvish shoxobchasini tashkil qilish uchun “Dalod Savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga o’tkazib berilgan.
Noqonuniy tadbirkorlik va qonun talablari hamda belgilangan standartlarni buzgan holda amalga oshirilgan noqonuniy qurilish-montaj ishlari, ekologik xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda. Avtomobillarni yuvish shaxobchasidan chiqadigan kimyoviy moddalar va qurilish chiqindilar bilan ifloslangan hudud, mavzening ekologik vaziyatning yomonlashishiga bevosita hissa qo’shib kelmoqda.
Og’ir qurilish texnika tomonidan yo’llardan intensiv foydalanishi va jarayonni umumiy tartibsizligi, transport tirbandligining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Natijada, baxtsiz hodisalar ko’paydi, bu esa yo’l foydalanuvchilari va yaqin atrofdagi mahallalar aholisi uchun xavfni kuchaytirmoqda.
Qurilishning yaqin atrofdagi ko’p qavatli uylarda yashaydigan aholining davlat idoralariga ko’plab shikoyatlaridan so’ng, shu yilning yanvar oyida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan “Sergeli Savdo Markazi” MChJ va “Dalod Savdo” MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atildi.
Biroq, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov tergov jarayoniga aralashganidan so’ng, poytaxt prokuraturasining tergovchisi faqat “Dalod Savdo” MChJ rahbariga nisbatan ayblov xulosasini chiqardi va shu yilning 10 aprelida, jinoyat ishini ko’rib chiqish uchun, jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar sudiga yubordi.
Ushbu material nashr etilgan kundga qadar, Sirg’ali tumanidagi Mirzo Tursunzoda va Shokirariq ko’chalari kesishmasida, noqonuniy ravishda ko’p qavatli turar-joy majmuasining qurilish ishlari to’xtatilgani yo’q.
Bizga taqdim etilgan rasmiy hujjatlarda quruvchi kompaniya sifatida “Sergeli Savdo Markazi” MChJ ko’rsatilgan, ammo bu korxona O’zbekiston korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrida mavjud emas.
“Sergeli Savdo Markazi” MChJ – bu faqatgina qog’ozda mavjud bo’lgan va korrupsion loyihalarni qonuniylashtirish uchun biznes faoliyati ko’rinishini yaratish maqsadida ishlatiladigan fantom kompaniya hisoblanadi.
O’zbekiston ijro hokimiyati shunday tuzilganki, har bir tuman, shahar va viloyat hokimliklari qoshida byudjet mablag’lari, investitsiya fondlari, xalqaro kreditlar va davlat mulkini o’zlashtirish uchun o’nlab fantom kompaniyalar tashkil etilgan. Hukumat tuzilmasida chuqur ildiz otgan bu tizim, korrupsiya va suiiste’molliklar uchun qulay muhit yaratadi, qonun ustuvorligi asoslarini va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini buzadi.
Fantom kompaniyalarning ishlash mexanizmi juda ham oddiy, ammo samarali. Mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin aloqalar tufayli, bu firmalar juda yuqori narxlar va sifatsiz xizmatlarni taklif qilish orqali shartnomalarni qo’lga kiritishadi. Ko’rsatilgan xizmatning haqiqiy qiymati va shartnomaviy miqdori o’rtasida 10 baravarigacha ko’tarilishi mumkin bo’lgan tafovut esa, hukumat amaldorlarining cho’ntagiga tushadi.
Infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy loyihalar uchun ajratilgan xalqaro kreditlar ham maqsadsiz ishlatilishi xavfi ostida. Qobiq kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalar, xarajatlar samaradorligini monitoring qilish va baholashni murakkablashtiradi, natijada ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatining pasayishiga va O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishining sekinlashishiga olib keladi.
Bunday amaliyotlarga duch kelgan investorlar, ko’pincha pora berishga yoki loyihalardan voz kechishga majbur bo’ladilar, bu esa mamlakat investitsiya muhitiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Mamlakatdagi siyosiy beqarorlik sharoitida, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov kabi hukumat amaldorlari o’z vakolatlaridan foydalanib, iloji boricha ko’proq davlat boyliklarini o’g’irlashmoqda. Bu holat esa, mamlakatni tobora qarz botqog’iga botirib bormoqda.
Korrupsiya, hukumatning bo’g’inlariga singib ketgan bo’lib, nafaqat muammo, balki milliy xavfsizlikka tahdid solmoqda.
Korrupsiya – O’zbekiston milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda
Toshkentda ekologik vaziyatning yomonlashishi va yer resurslarining keskin tanqisligi fonida, shaharsozlik sohasidagi mavjud huquqiy normalar va qoidalarni e’tiborsiz qoldirib, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov, ularning qonuniyligi va jamoat manfaatlariga muvofiqligi borasida jiddiy savollar tug’diradigan qarorlarni qabul qilishni davom etmoqda. Jamoatchilik fikri yoki ekspertlar baholarini hisobga olmagan holda qabul qilingan ushbu qarorlar yashil maydonlar, bog’lar va tarixiy yodgorliklarning yo’q qilinishiga olib kelib, ularning o’rniga ko’p qavatli binolar va tijorat ob’ektlari qurilmoqda.
Bizga taqdim etilgan audioyozuvda, Toshkentning Sirg’ali tumanidagi Mirzo Tursunzoda va Shokirariq ko’chalari kesishmasida ko’p qavatli turar-joy majmuasini qurayotgan tashkilot vakili Doniyor Nortadjiyev, qurilish ishlaridan tobora ortib borayotgan jamoatchilik noroziligini yumshatishga harakat qilmoqda.
Suhbatning asosiy jihati shundaki, mahalliy aholi tomonidan qurilishni to’xtatish uchun qaratilgan barcha harakatlari, muvaffaqiyatga erishish istiqbollari yo’qligidadir. Ushbu bayonotda, bu qurilishning ortida Toshkent hokimi Shavkat Umurzoqov shaxsan o’zi turganligi aytib o’tilgan. Bu esa, g’azablangan fuqarolarga, qurilish ishlari, ularning noroziliklari va e’tirozlariga qaramay davom etishi haqida ishora beradi. Bunday bayonot, fuqarolarga, ularning fikr bildirish va yashash sharoiti hamda atrof-muhit bilan bog’liq manfaatlarini himoya qilish bo’yicha, qonuniy huquqlarini bostirish uchun, bosim o’tkazish sifatida qaralishi mumkin.
Mahalla institutidan qonuniy himoya sifatida foydalanib, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov 2024-yilda Sirg’ali tumanidagi avtoturargohni “Ziynat” mahallasiga o’tkazish to’g’risida qaror chiqargan edi. 2024-yil 10-fevral kuni, “Ziynat” mahalla fuqarolar yig’ini raisi Bekmirza Abdurahimov yig’ilish o’tkazib, to’rt qavatli bino qurish sharti bilan, avtoturargohning yer maydoni bir qismini – “Sergeli Savdo Markazi” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga o’tkazib berish to’g’risida kengash qarorini chiqargan edi.
Oldindan shuni aytish joizki, hozirgi kunda qurilayotgan binoni 6-qavatida monolit inshootlarni qurish ishlari olib borilmoqda.
Avval avtoturargoh bo’lgan yer maydonini ikkinchi qismi esa, xuddi shunday tarzda, avtomobil yuvish shoxobchasini tashkil qilish uchun “Dalod Savdo” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga o’tkazib berilgan.
Noqonuniy tadbirkorlik va qonun talablari hamda belgilangan standartlarni buzgan holda amalga oshirilgan noqonuniy qurilish-montaj ishlari, ekologik xavfsizlikka jiddiy tahdid solmoqda. Avtomobillarni yuvish shaxobchasidan chiqadigan kimyoviy moddalar va qurilish chiqindilar bilan ifloslangan hudud, mavzening ekologik vaziyatning yomonlashishiga bevosita hissa qo’shib kelmoqda.
Og’ir qurilish texnika tomonidan yo’llardan intensiv foydalanishi va jarayonni umumiy tartibsizligi, transport tirbandligining sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Natijada, baxtsiz hodisalar ko’paydi, bu esa yo’l foydalanuvchilari va yaqin atrofdagi mahallalar aholisi uchun xavfni kuchaytirmoqda.
Qurilishning yaqin atrofdagi ko’p qavatli uylarda yashaydigan aholining davlat idoralariga ko’plab shikoyatlaridan so’ng, shu yilning yanvar oyida Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan “Sergeli Savdo Markazi” MChJ va “Dalod Savdo” MChJning mansabdor shaxslariga nisbatan jinoiy ish qo’zg’atildi.
Biroq, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov tergov jarayoniga aralashganidan so’ng, poytaxt prokuraturasining tergovchisi faqat “Dalod Savdo” MChJ rahbariga nisbatan ayblov xulosasini chiqardi va shu yilning 10 aprelida, jinoyat ishini ko’rib chiqish uchun, jinoyat ishlari bo’yicha Toshkent shahar sudiga yubordi.
Ushbu material nashr etilgan kundga qadar, Sirg’ali tumanidagi Mirzo Tursunzoda va Shokirariq ko’chalari kesishmasida, noqonuniy ravishda ko’p qavatli turar-joy majmuasining qurilish ishlari to’xtatilgani yo’q.
Bizga taqdim etilgan rasmiy hujjatlarda quruvchi kompaniya sifatida “Sergeli Savdo Markazi” MChJ ko’rsatilgan, ammo bu korxona O’zbekiston korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registrida mavjud emas.
“Sergeli Savdo Markazi” MChJ – bu faqatgina qog’ozda mavjud bo’lgan va korrupsion loyihalarni qonuniylashtirish uchun biznes faoliyati ko’rinishini yaratish maqsadida ishlatiladigan fantom kompaniya hisoblanadi.
O’zbekiston ijro hokimiyati shunday tuzilganki, har bir tuman, shahar va viloyat hokimliklari qoshida byudjet mablag’lari, investitsiya fondlari, xalqaro kreditlar va davlat mulkini o’zlashtirish uchun o’nlab fantom kompaniyalar tashkil etilgan. Hukumat tuzilmasida chuqur ildiz otgan bu tizim, korrupsiya va suiiste’molliklar uchun qulay muhit yaratadi, qonun ustuvorligi asoslarini va mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini buzadi.
Fantom kompaniyalarning ishlash mexanizmi juda ham oddiy, ammo samarali. Mahalliy hokimiyat organlari bilan yaqin aloqalar tufayli, bu firmalar juda yuqori narxlar va sifatsiz xizmatlarni taklif qilish orqali shartnomalarni qo’lga kiritishadi. Ko’rsatilgan xizmatning haqiqiy qiymati va shartnomaviy miqdori o’rtasida 10 baravarigacha ko’tarilishi mumkin bo’lgan tafovut esa, hukumat amaldorlarining cho’ntagiga tushadi.
Infratuzilmani rivojlantirish va ijtimoiy loyihalar uchun ajratilgan xalqaro kreditlar ham maqsadsiz ishlatilishi xavfi ostida. Qobiq kompaniyalar bilan tuzilgan shartnomalar, xarajatlar samaradorligini monitoring qilish va baholashni murakkablashtiradi, natijada ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatining pasayishiga va O’zbekiston iqtisodiy rivojlanishining sekinlashishiga olib keladi.
Bunday amaliyotlarga duch kelgan investorlar, ko’pincha pora berishga yoki loyihalardan voz kechishga majbur bo’ladilar, bu esa mamlakat investitsiya muhitiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Mamlakatdagi siyosiy beqarorlik sharoitida, Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzoqov kabi hukumat amaldorlari o’z vakolatlaridan foydalanib, iloji boricha ko’proq davlat boyliklarini o’g’irlashmoqda. Bu holat esa, mamlakatni tobora qarz botqog’iga botirib bormoqda.
Korrupsiya, hukumatning bo’g’inlariga singib ketgan bo’lib, nafaqat muammo, balki milliy xavfsizlikka tahdid solmoqda.
Ruknlar
So’nggi yangiliklar
Korrupsiya – O’zbekiston milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda
07.12.2025Bugungi holatga tushib qolgan O’zbekiston ucun nafaqat duolar, balki zudlik bilan jiddiy harakatlar qilishni talab qiladi
01.12.2025Rossiyaparast harbiylar izlarini yashirishmoqda – Rossiya-O’zbekiston munosabatlari
04.11.2025O’zbekiston Mudofaa vazirligi Rossiya razvedka xizmati nazorati ostida – Rossiya-O’zbekiston munosabatlari
03.11.2025Mirziyaev O’zbekistonda qasddan suv inqirozini yaratmoqda
16.08.2025Arxivlar
Bir oylik yangiliklar