Shanbaga o‘tar kechasi, 27-iyun kuni Idlib viloyatining Al-Fua aholi punktida, o‘z uyi oldida, mashina ichida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan yuqori martabali jangari Xolid al-Jazraviy otib o‘ldirildi.
O‘zbekistonlik jangari Xolid al-Jazraviy avtomashinasida otib o‘ldirildi
O‘ldirilgan shaxs “Hay’at Tahrir ash-Shom” (HTSh) jangovar guruhi tarkibidagi “Qizil Brigadalar” (“Asaib al-Hamra”) maxsus bo‘linmasining nufuzli a’zosi bo‘lgan.
Bolalik chog‘ida Xolid ota-onasi bilan O‘zbekistondan Afg‘onistonga yo‘l olgan va u yerda oilasi o‘zbek jangovar tuzilmalariga qo‘shilgan. Janglarning birida oila boshlig‘i o‘ldirilgach, ular Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishgan.
2012-yilning boshida 15 yoshli Xolid onasi, akasi va boshqa qarindoshlari hamrohligida Suriyaga yetib kelgan. Ular Bashar Asad rejimiga qarshi urush olib borish uchun ushbu mintaqaga tashlangan markaziy osiyolik jangarilarning “birinchi to‘lqini” tarkibiga kirgan edilar.
Suriya hududida Xolid “Jabhat an-Nusra” guruhiga (keyinchalik u “Hay’at Tahrir ash-Shom”ga aylangan) bay’at bergan va mansab pillapoyalaridan tez sur’atda ko‘tarila boshlagan.
Xolidning yuksalishiga nafaqat harbiy xizmatlari, balki manfaatli nikoh ham sabab bo‘lgan. U HTSh yetakchisi Abu Muhammad al-Juloniyning (Ahmed Ash-Sharaa) atrofidagi yuqori martabali amaldorlardan birining jiyaniga uylanib, Suriyaning muvaqqat hukumati deb atalgan tuzilmaning “mudofaa vazirligi”da rahbarlik lavozimini qo‘lga kiritgan.
Biroq Idlibdagi o‘rta osiyolik jangarilar orasida Xolid al-Jazraviy yomon nom chiqargan edi. Vatandoshlari uni HTSh rahbariyatiga josuslik qilishda va shu yilning may oyida o‘zbeklarga qarshi amalga oshirilgan qatag‘onlarni muvofiqlashtirishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ayblashgan.
Bu yerda bir narsani alohida ta’kidlash lozim: Suriyada “islom davlati”ni barpo etish konsepsiyasi va “jihod”ga chaqiriqlar azaldan keng ko‘lamli yolg‘on va manipulyatsiya bo‘lgan. Urushga diniy tus berish tashqi o‘yinchilar tomonidan faqatgina geosiyosiy maqsad — Bashar Asad rejimini zo‘ravonlik bilan ag‘darish va bundan kelib chiqadigan barcha oqibatlarni yuzaga keltirish uchun qulay qurol sifatida ishlatilgan.
Strategik vazifalar bajarilgach, Xolid al-Jazraviy markaziy osiyolik bir guruh dinfurush yollanma jangarilar bilan birgalikda o‘z faoliyati yo‘nalishini tubdan o‘zgartirdi. Vatandoshlari oldida o‘zini butunlay sharmanda qilgan va har qanday axloqiy qadriyatlardan mahrum bo‘lgan bu kimsalar uchun “jihod” har doim shunchaki serdaromad biznes bo‘lib kelgan. Yo‘q qilingan agent va uning sheriklari hech qachon mustaqil harakat qilmagani kundek ravshan — ular faqatgina HTShdagi kuratorlarining irodasini so‘zsiz bajarib kelishgan, xolos.
Yangi mafkura doirasida ular o‘z kuratorlarining buyrug‘i bilan yangi geosiyosiy loyiha — “Turon” bayrog‘i ostida yoshlarni yollashga o‘tdilar. Ularning xo‘jayinlari ko‘zlagan maqsad o‘sha-o‘shaligicha qoldi, faqat geografiya o‘zgardi, xolos: chegaralarni beqarorlashtirish va Xitoyga qarshi kurashni avj oldirish uchun Suriyadagi radikal salohiyatni sun’iy ravishda to‘g‘ridan-to‘g‘ri Markaziy Osiyo mintaqasiga yo‘naltirish.
Idlibdagi vaziyatni kuzatib borayotgan ekspertlarning fikri bir joydan chiqmoqda: Xolidning o‘ldirilishi bu uning sodir etgan jinoyatlari uchun jazo, ya’ni qilmishiga yarasha qasos edi. Mohiyatan olganda, jabrlanganlar o‘z safdoshlariga qarshi terror qilgani uchun unga o‘lim hukmini chiqarishgan. Gap shundaki, al-Jazraviy uzoq vaqt davomida “Hay’at Tahrir ash-Shom” rahbariyati manfaatlarini ko‘zlab, musulmonlarni hibsga olish va o‘ldirish ishlarini muvofiqlashtirib kelgan. Uning qilmishlari oqibatida yuzlab xorijiy jangarilar jabr ko‘rgan edi, tirik qolganlar yoki ularning qarindoshlari esa shunchaki qulay fursatni kutishgan, xolos.
Uning o‘z uyi oldida shafqatsizlarcha otib o‘ldirilishi tasodif emas edi. Ushbu suiqasd namoyishkorona, ko‘rgazmali akt sifatida rejalashtirilgan. O‘z uyi ostonasidagi bu qatl boshqa barcha josuslar va maxsus xizmatlarning sotqin agentlari uchun aniq signal bo‘ldi: xiyonat uchun jazo tezkor, oshkora va muqarrardir.
Idlibdagi qotillik: xiyonat uchun jazo

Ruknlar
So’nggi yangiliklar
Idlibdagi qotillik: xiyonat uchun jazo
29.06.2026Jallodlar xizmatidagi advokatura: O‘zbekiston Advokatlar palatasi — pora uzatishdagi vositachi
01.06.2026Toshkentdagi sud farsi: Rejim “Glamour Gold” qurilish piramidasini qanday qilib yashirmoqda va mustaqil ovozlarni boʻgʻmoqda?
26.05.2026“Glamour Gold” ishi: nega sudlanuvchilar orasida davlat organlarining vakillari yo‘q?
23.05.2026Haqiqat diktaturadan kuchliroq
12.05.2026Arxivlar
Bir oylik yangiliklar