Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo’yicha byurosining (DIIHB) Varshava konferensiyasi doirasida insoniylik mezonlariga bag’ishlangan, O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalariga oid tadbirga mustaqil faollarning kiritilmagani yuzasidan “Erkin O‘zbekiston” siyosiy muxolif harakatining bayonoti.
2026-yil 9-oktabr kuni Varshavada YXHT DIIHBning Insoniylik mezonlari bo’yicha Varshava konferensiyasi doirasida The Centre for the Analysis of Democratic Processes tomonidan tashkil etilgan “Developing Civil Society in the New Uzbekistan: Results of Reforms” (Yangi O’zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish: islohotlar natijalari) nomli qo’shimcha tadbir bo’lib o’tdi. Tadbir soat 15:30 dan 16:30 gacha Meeting Room 3 – Krolewski zalida o’tkazildi.
Tadbir davomida xorijda istiqomat qiluvchi o’zbek muxolifati vakillari, mustaqil fuqarolik faollari hamda qoraqalpog‘istonlik faollar tadbir bo’lib o’tadigan xonaga kirishga urinishdi. Biroq o’zbek millatiga mansub qo’riqlash xizmati xodimi ularga xonaga kirishga ruxsat bermadi va “yuqoridan” berilgan ko’rsatmaga muvofiq harakat qilayotganini bildirdi. Rad etishning aniq sabablari, shuningdek, tegishli ko’rsatmani bergan shaxs yoki tuzilma haqida hech qanday ma’lumot taqdim etilmadi.
Faqat tadbir tashkilotchilari hamda YXHT DIIHBning mas’ul vakillari bilan taxminan 30 daqiqa davom etgan muzokaralardan so’ng faollarga tadbirda ishtirok etishga ruxsat berildi.
“Erkin O‘zbekiston” harakati ushbu hodisani xalqaro YXHT maydonida mustaqil fuqarolik jamiyati vakillarining ishtirokini siyosiy sabablarga ko’ra cheklash ehtimolini tekshirish uchun jiddiy asos sifatida baholaydi. Biz dastlab faollarning tadbirga kiritilmasligi to’g‘risidagi qarorni kim qabul qilganini, ushbu qaror qanday asosda chiqarilganini hamda unga O’zbekistonning rasmiy delegatsiyasi vakillari aloqador bo’lgan-bo’lmaganini aniqlashni talab qilamiz.
Agar bunday harakatlarning siyosiy sabablarga ko’ra amalga oshirilgani tasdiqlansa, ular YXHT ishtirokchi davlatlarining inson huquqlari, birlashish erkinligi va fuqarolik jamiyatining ishtiroki sohasidagi majburiyatlari ruhiga zid bo’ladi. Mazkur tamoyillar, jumladan, 1990-yildagi YXHK Kopengagen yig’ilishi hujjatida o’z aksini topgan. Biz YXHT DIIHBni ushbu hodisani mazkur majburiyatlar hamda ochiq va kamsitishlarsiz ishtirok etish tamoyillari nuqtayi nazaridan ko’rib chiqishga chaqiramiz.
Yuqorida bayon etilganlarni inobatga olgan holda, “Erkin O’zbekiston” quyidagilarni talab qiladi:
1. Faollarning tadbirga kiritilmasligi to’g’risidagi ko’rsatmaning manbasini aniqlash, tegishli qarorni kim, qanday asosda qabul qilganini hamda ushbu qarorga O’zbekistonning rasmiy delegatsiyasi vakillari aloqador bo’lgan-bo’lmaganini aniqlashtirish.
2. Siyosiy sabablarga ko’ra kirish imkoniyatini cheklash holati, jumladan, muxolifat vakillari va mustaqil fuqarolik jamiyati vakillariga nisbatan qoidalarning tanlab qo’llanilgan bo’lishi ehtimoli yuzasidan tekshiruv o’tkazish.
3. Dastlabki rad javobining sabablarini, shuningdek, faollarga faqat tadbir tashkilotchilari va YXHT DIIHBning mas’ul vakillari bilan taxminan 30 daqiqa davom etgan muzokaralardan keyingina kirishga ruxsat berilishiga olib kelgan holatlarni tushuntirish.
4. Mazkur hodisani ko’rib chiqish natijalari bo’yicha rasmiy yozma javob taqdim etish hamda kelgusida shunga o’xshash holatlarning oldini olish uchun qanday choralar ko’rilishini ma’lum qilish.
Biz YXHT DIIHBni mazkur hodisaning shaffof va xolis ko’rib chiqilishini ta’minlashga, shuningdek, kelgusidagi tadbirlarda mustaqil fuqarolik jamiyati vakillarining ishtiroki aniq, teng va kamsitishlarga yo’l qo’ymaydigan qoidalar asosida ta’minlanishini kafolatlashga chaqiramiz.
“Erkin O’zbekiston” xalqaro muloqotning ochiqligi nafaqat e’lon qilingan tamoyillarda, balki ularning amalda bajarilishida ham o’z tasdig’ini topishi kerak, deb hisoblaydi.
“Erkin O’zbekiston” siyosiy muxolifat harakatining bayonoti

Ruknlar
So’nggi yangiliklar
“Erkin O’zbekiston” siyosiy muxolifat harakatining bayonoti
12.10.2026Mirziyoyev rejimining transmilliy repressiyalari: o‘zbek muxolifatining xorijda ta’qib qilinishi
07.10.2026Putin oligarxlariga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish
05.10.2026“Erkin O’zbekiston” ovozi har qachongidan ham balandroq yangramoqda
05.10.2026“Glamour Gold” firibgarlari sudlandi, biroq savollar ochiq qolmoqda
22.09.2026Arxivlar
Bir oylik yangiliklar