Rossiyaparast harbiylar izlarini yashirishmoqda – Rossiya-O’zbekiston munosabatlari

04.11.2025 admin

2025-yil 3-noyabr kuni Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 11:07 da (Toshkent vaqti bilan soat 15:07) “Erkin O’zbekiston” siyosiy muxolifat harakati axborot resurslarida, davlatning butun milliy xavfsizlik tizimiga soya soladigan, O’zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyati tomonidan Rossiya provayderlarining elektron pochta xabar almashish tizimlaridan foydalanilgani haqida ma’lumot e’lon qilingan edi.

Ushbu post chop etilganidan bir necha soat o’tgach, bizning monitoring xizmatimiz, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi veb-saytining “Rahbariyat” bo’limi o’zgartirilganini va harbiy vazirlik rahbariyati tomonidan mudofaa_press@mail.ru elektron pochta manzilidan foydalanayotgan haqidagi ma’lumot olib tashlanganini aniqladi.

Toshkent vaqti bilan soat 20:26 da (Markaziy Yevropa vaqti bilan soat 16:26) O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining rasmiy Telegram-kanalida vazirlik bilan ulanish yo’llari ko’rsatilgan post joylashtirildi, unda mudofaa_press@mail.ru elektron manzili, mudofaa@mil.uz ga almashtirilgan edi.

E’tibor berishimiz kerakki, O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining markaziy apparati, mudofaa_press@mail.ru elektron manzildan foydalanishni, – 2024-yilning noyabr oyida, general-mayor unvonida b’lgan Shuhrat Xalmuhamedov O’zbekiston mudofaa vaziri etib tayinlanganidan oldin, – boshlagan.

O’zbekiston mudofaa sektorida Rossiya xabar almashish tizimidan foydalanish oqibatida, maxfiy ma’lumotlarning ruxsatsiz chetga oqib ketishiga, harbiy sirlarning oshkor bo’lishiga va hatto O’zbekiston rahbariyatining siyosiy qarorlariga tashqi bosim o’tkazishga olib keluvchi harakatlarni, “Erkin O’zbekiston” siyosiy muxolifat harakati qatiyan qoralaydi!

“Erkin O’zbekiston” siyosiy muxolifat harakati, O’zbekiston hukumatidan, O’zbekiston Mudofaa vazirligi tomonidan Rossiya xabar almashish tizimidan foydalanish bo’yicha darhol tushuntirish berishini, shuningdek, Harbiy vazirlik markaziy apparati rahbariyati tomonidan yozishmalar uchun xorijiy platformadan foydalanish bilan bog’liq barcha holatlarni aniqlash uchun keng qamrovli ichki tekshiruv o’tkazishni talab qiladi. Ushbu qaror uchun mas’ul bo’lgan barcha shaxslar aniqlanib, sodir etgan jinoyatlari uchun qonunda nazarda tutilgan tartibda javobgarlikka tortilishlarini talab qilamiz!