Saida Mirziyoeva va uning katta yolg’oni

08.01.2026 admin

O’zbekiston rahbari Shavkat Mirziyoyev oilasining go’zal qiyofasining ortida, prezidentlik taxti uchun kurash hanuz davom etmoqda. Uning qizlari va kuyovlarining soxta tabassumlari ortida, har biri hokimiyat uchun bir-biriga xiyonat qilishga tayyor bo’lgan shiddatli kurash yashiringan. Va bu tor doiradagi ichki qarama-qarshilik qanchalik kuchli bo’lsa, jamiyat uchun shuncha qimmatga tushadi. Axir, ularning ambitsiyalari uchun Prezident Mirziyoyevning qarindoshlari emas, balki hayoti va taqdiri savdo vositasiga aylanib qolgan, oddiy xalq to’laydi.

Asosiy siyosiy raqiblaridan biri bo’lgan, singlisini eri, Otabek Umarovni yo’q qilish uchun Saida Mirziyoeva va uning jamoasi Komil Allamjonovga soxta suiqasd uyushtirdilar. O’zini “o’zbek malikasi” deb hisoblaydigan Saida Mirziyoeva, 2024-yildan beri rasman eri bilan ajrashgan va Komil Allamjonov bilan ko’p yillardan beri ishqiy aloqalarda.

Rejalashtirilgan yolg’onni milliy ahamiyatga ega bo’lgan shov-shuvli voqeaga aylantirish maqsadida, soxta suiqasd tashkilotchilari o’zlarini hiylalarini mamlakat parlament saylovlari arafasida amalga oshirishni belgiladilar.

2024-yil 26-oktabr kuni O’zbekiston ommaviy axborot vositalarida, Komil Allamjonovga tegishli bo’lgan Range Rover rusumli avtomashinasi, Toshkent yaqinida, ikki noma’lum shaxs tomonidan bir necha bor o’qqa tutilgani haqida yolg’on ma’lumot tarqatildi. Ushbu xabarlarga ko’ra, hodisada hech kim jabrlanmagan.

O’zbekistondagi voqealarni yorituvchi G’arb ommaviy axborot vositalariga sezilarli ta’sir ko’rsatishga qodir bo’lgan Saida Mirziyoyeva, o’zining dezinformasiyasini tarqatish uchun ulardan faol foydalanib keldi.

Yolg’on xabarni birinchilardan bo’lib, Mirziyoyev rejimining soxta “huquqboni” va “Ozodlik” radiosining O’zbekistondagi muxbiri Abdurahmon Tashanov tarqatdi. U, Saida Mirziyoevaning katta yolg’onini g’arb radiostansiyasiga uzatib va bir necha soatdan so’ng o’zini Facebook sahifasida takrorladi.

Shu tariqa, soxta “huquqbon”, prezident qizining dezinformasiyasi tarqatilishining asosiy sababchisiga aylandi.

Biroq, ertasi, 27-oktabr kuni “suiqasddan omon qolgan” Komil Allamjonov, go’yo hech narsa bo’lmagandek, ijtimoiy tarmoqlarda saylov uchastkasidan olingan fotosuratni joylashtirdi va u tirik va sog’-salomat ekanligini ko’rsatdi.

Lekin, na u, na rasmiylar o’qqa tutilgan avtomashinani fotosuratini yoki O’zbekiston prezidenti to’ng’ich qizining o’ynashiga qilingan suiqasdni tasdiqlovchi boshqa biron bir dalillarni taqdim etishmadi.

Dastlabki dezinformasiya kutilgan natijani bermagach, Saida Mirziyoyeva yolg’onlarini doirasini yanada kengaytirib, Komil Allamjonov hamda O’zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi boshlig’i Dmitriy Liga suiqasd qilishda aloqador deb, Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirovni aybladi.

Saida Mirziyoevaning, ommaviy axborot vositalari, uning siyosiy fitnalarini targ’ib qilishda va jamoatchilik fikrini manipulyasiya qilishda davom etib: “hujumchilarda uch xil qurol — ikkita Makarov to’pponchasi va bitta Kalashnikov avtomati borligini va Ramzan Qodirov jinoyatchilarga Allamjonov va Lining o’ldirilishi uchun $1,5 million mukofot va’da qilgan” deb, yo’lg’on axborotlarni tarqatishdi.

Shu bilan birga, Britaniyaning Financial Times nashrida chop etilgan pullik buyurtma maqolada Komil Allamjonov suiqasd mavzusi haqida izoh berib, shunday dedi:

“Mashinaga to’rtta o’q tegdi. Hujumchining quroli, eski Kalashnikov avtomati, qisilib, otilmay qolgani, suiqasddan omon qolishimni eng yaxshi sababi”. Biroq, Ozodlik radiosi tomonidan 2024-yil 4-noyabrda chop etilgan feyk xabarda, Allamjonovning mashinasiga sakkiz marta o’q uzilgani aytilgan.

Komil Allamjonovning so’zlarini bema’niligi, har qanday insonning hayratga soladi. Agar buyurtma asosida sodir etilayotgan suiqasd mukofoti 1,5 million AQSh dollari miqdorini tashkil etsa, unda qotillarning qurollari muammosiz ishlaydi, buyurtma ob’ekti esa, 100% natija bilan yo’q qilinadi.

Qo’zg’atilgan uydirma jinoiy ish oqibatida, o’nlab begunoh odamlar uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi. Ish, O’zbekiston Harbiy sudi tomonidan yopiq eshiklar ortida ko’rib chiqildi va barcha materiallar maxfiylashtirildi – xavfsizlik nuqtai nazaridan emas, shunchaki haqiqatni yashirish uchun.

“Jabrlanuvchi” deb ataluvchi Komil Allamjonov sud majlislarida qatnashmadi. U sudda ko’rsatma va savollarga javob bermadi, sudlanuvchilarning ko’zlariga ham tik boqmadi. Uning jabrlanuvchi sifatidagi ko’rsatmalari, soxta sud jarayonini qonuniy asoslash uchun o’qib eshittirildi, hukm oldindan tayyorlab qo’yilgan edi. Sudga esa, siyosiy buyruqni bajarish uchun vazifa yuklatilgan edi .

Bu yerda, O’zbekiston prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Shuhrat Rasulovning shaxsi eʼtiborga loyiq.

U Allamjanov va Dmitriy Liga “suiqasd” uyushtirishda aybdor deb topilgan va 23 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

2016-yilning kuzida, Shavkat Mirziyoyev O’zbekiston hokimiyatni konstitutsiyaga zid ravishda egallab olganidan so’ng, uning uchun hafli bo’lgan bir nechta xavfsizlik idoralari rahbarlarini, yani Shuhrat G’ulomov, Rashid Qodirov, Ixtiyor Abdullayev, Otabek Murodov va boshqalarni, lavozimlaridan chetlatish juda ham muhim edi. Ular, Mirziyoyevning O’zbekiston ijroiya hokimiyati rahbari lavozimida ishlagan davrida, uning tomonidan sodir etgan og’ir jinoyatlarga oid hujjatlarga ega edilar. Sobiq xavfsizlik idoralarining rahbarlari jinoiy javobgarlikka tortildi va uzoq muddatli qamoq jazolariga hukm qilindi. O’zbekiston Milliy xavfsizlik xizmati raisining sobiq birinchi o’rinbosari Shuhrat G’ulomov esa, umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi.

Shuhrat Rasulovning vaziyatidagi paradoks shundaki, u yillar davomida O’zbekiston kuchishlatar tuzilmalarining sobiq yuqori lavozimli amaldorlariga qarshi jinoiy ishlarni uydirishda ishtirok etgan va oxir-oqibat, o’sha repressiv mashinaning qurboniga aylangan.

Prezident Mirziyoyevning sobiq xavfsizlik xizmati rahbari, 2024-yil 26-noyabr kuni Rossiya va Moldova fuqaroligiga ega bo’lgan Kamo Vladimirovich Tumasovning Toshkentdagi ofisida, va tergov xulosasiga ko’ra, Allamjanov bilan birga o’ldirishi kerak bo’lgan O’zbekiston Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktori Dmitriy Li ishtirokida hibsga olingan.

Shuhrat Rasulovning 23 yillik qamoq jazosi, o’zlarini “almashtirib bo’lmaydigan” va “tanaga yaqin” deb hisoblaydigan barcha O’zbekiston hukumat amaldorlari uchun aniq ogohlantirish bo’lishi kerak. Mirziyoyev rejimida “o’zlarini odamlari” yo’q — faqat vaqtincha foydali bo’lganlar mavjud. Va siyosiy maqsad tugagach, hech ikkilanmasdan, kechagi ijrochilar “jinoyatchilar”, “fitnachilar” va “davlat dushmanlari”ga aylanishadi.

Shubhasiz, qadimgi saroy o’yinlaridan ilhomlangan Saida Mirziyoeva, o’zining ayyorligini namoyish etib, asosiy siyosiy raqibi bo’lgan Otabek Umarovni lavozimidan tushirishga muvaffaq bo’ldi. Yaqinda u kabi mamlakatning oliy hokimiyatiga da’vo qilgan shaxs, qamoq jazosidan qochib qutulgan bo’lsa-da, xizmat ko’rsatuvchi xodimlar orasiga tushib qoldi.

Saida Mirziyoyeva va uning ishqiy hamkori, ishonch bilan O’zbekiston prezidenti ma’muriyati boshqaruvini o’z nazoratiga olishdi. Ikkalasi ham jinoyatlari jazosiz qolishiga va firibgarliklari fosh qilinmasligiga chin dildan ishonishadi.

Lekin ular adashyapti. Ular bizni aldashga harakat qilishmoqdalar, lekin aslida ular faqat o’zlarini aldayaptilar. Tarix, shaxsiy manfaatlari uchun, o’z vatanini sotganlarni kechirmaydi.