Pul bilan sotib olish, shantaj va tahdidlar — Shavkat Mirziyoyev rejimining siyosiy bosim shakllari

27.01.2026 admin

2026-yil 24-yanvar kuni Markaziy Yevropa vaqti (CET) bo’yicha soat 21:12 dan 25-yanvar kuni peshingacha davom etgan tahdidlar, shantaj va pul bilan sotib olish orqali Erkin O’zbekiston siyosiy muxolifat harakatiga bosim o’tkazishga uyushgan urinishlar bo’ldi. “Dark Vektor” va “John Doe” anonim Telegram akkauntlari, @erkinozbekiston YouTube-kanalida chop etilgan so’nggi ikkita videoni olib tashlash uchun harakat qilishdi.

Ushbu shaxslar Erkin O’zbekiston YouTube kanalidan “Saida Mirziyoyeva niqobini yechib tashladi” va “Саида Мирзиёева сбросила маску” videolarini zudlik bilan olib tashlashni talab qilib, ultimatum qo’yishdi. Ushbu videolarda O’zbekiston prezidentining qizi Saida Mirziyoyeva va uning ishqiy hamkori, yani o’ynashi Komil Allamjonovning sodir etgan jinoyatlari fosh qilingan edi. Ular, bosim vositasi sifatida pora berish, YouTube kanalini blokirovka qilish va tahdidlardan foydalanishdi.

Erkin O’zbekiston siyosiy muxolifat harakati quyidagilarni rasman e’lon qiladi: biz, xorijiy davlatlar yetakchilari oldida qultabiat holatda munosabatda bo’lib, O’zbekiston xalqiga nisbatan takabburlik va nafratni namoyish etadigan qo’rqoq va jirkanch Mirziyoyev rejimi vakillari bilan muzokara olib bormaganmiz va olib bormaymiz ham. Pul bilan sotib olish, har qanday bosim yoki qo’rqitish urinishlarni, Shavkat Mirziyoyev rejimining zaifligi va qo’rqoqligining isboti deb hisoblaymiz.

Barcha yozishmalar, jumladan, tahdidlar, tovlamachilik elementlari va korruptsion takliflar qayd etilgan va saqlangan. Ushbu materiallar bizning ixtiyorimizga ko’ra – jamoatchilik, huquqiy va xalqaro maydonlarda qo’llaniladi. Na anonim jinoyatchilar, na vositachilar, na parda ortidagi kelishuvlar bizning pozitsiyamizni o’zgartira olmaydi.

Videolarni olib tashlashga urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi: videolar hali ham ommaga ochiq bo’lib qolmoqda, 600 000 dan ortiq marta ko’rilgan (nashr qilingan paytda) va @erkinozbekiston YouTube kanali muammosiz ishlashni davom etmoqda. Bosimning yagona natijasi “Hasanboy Burhanov” Instagram akkauntdan yettita postning o’chirilishi bo’ldi (foydalanilgan elektron pochta manzili: shernazarov9300@gmail.com) – bu raqamli senzura mexanizmlari va ma’muriy resurslardan foydalanishning yaqqol namoyishi.

Biz aniq va qat’iy e’lon qilamiz: Shavkat Mirziyoyev rejimi barcha axborot resurslarimizni blokirovka qilishga qodir bo’lishi mumkin, ammo bu, uni ochiq va adolatli mahkamaga tortish istagimizni barbod qila olmaydi. Shavkat Mirziyoyev rejim mamlakatimizning tinch fuqarolariga qarshi sodir etgan barcha jinoyatlari uchun muqarrar ravishda javob beradi!