17-mart, seshanba kuni Ramazon Hayiti bayrami arafasida Shavkat Mirziyoyev va uning qizi Saida Toshkentdagi Islom sivilizatsiya Markaziga tashrif buyurib, iftorlikda ishtirok etib, qonli jinoyatlarining izlarini ibodat bilan yuvishga harakat qilishdi.
Bu, ayniqsa, Komil Allamjonovga uyushtirilgan soxta suiqasd va Ismoil Jahongirovning o‘ldirilishida Saida Mirziyoyevaning qo‘li borligi jamoatchilik orasida aytilishi bilan yanada jirkanch ko‘rinadi.
Ismoil Jahongirov prezident ma’muriyati rahbari Saida Mirziyoyevaning o’ynashi Komil Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd haqidagi uydirma ish bo‘yicha asosiy guvohlardan biri bo‘lgan.
2026-yilning 25-fevralidan 26-fevraliga o‘tar kechasi Chirchiq shahridagi 13-sonli koloniyaning jazo izolyatori kamerasida mahkum Ismoil Jahongirovning shafqatsizlarcha o‘ldirilgan edi. Marhumning jasadi 27-fevral kuni xavfsizlik kuchlarining qat’iy nazorati ostida, mustaqil ekspertiza tekshiruvlarisiz hamda hodisa yuzasidan shaffof surishtiruv o‘tkazilmasdan tezkorlik bilan dafn etilgan.
Allamjonov ishi bo‘yicha asosiy guvohning sirli o‘limi yuzasidan mutasaddi idoralar hamon sukunat saqlamoqda — hozircha hech qanday rasmiy bayonot berilmadi.
8-yanvar va 3-mart kunlari “Erkin O‘zbekiston” siyosiy harakati jinoyat sabablarini bevosita ochiqlagan va aybdorlar nomi keltirilgan surishtiruvni e’lon qildi. Harakatning YouTube kanaliga joylangan ushbu materiallar misli ko‘rilmagan bosim va tizimli senzura urinishlariga qaramay, 2 millionga yaqin ko‘rildi.
Har qanday huquqiy tizimda hokimiyatning yuqori bo‘g‘inlariga nisbatan bildirilgan bunday ayblovlar zudlik bilan va oshkora munosabat bildirishni taqozo etadi. Biroq Saida Mirziyoyeva va “terpila” maqomidagi Komil Allamjonov hozircha sukut saqlashni ma’qul ko‘rmoqda. Buning o‘rniga, axborot maydonini tozalash va “Erkin O‘zbekiston”ning surishtiruv materiallarini tarmoqdan o‘chirishga urinishlarni afzal ko’rishmoqda. Shunga qaramay, ularning harakatlari hozircha kutilgan natijani bergani yo‘q.
Saida Mirziyoyeva javobgarlikdan qochish maqsadida O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining (DXX) yuqori martabali mulozimlari bilan ochiq qarama-qarshilikka bormoqda. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, u davlat apparatidan shaxsiy himoyalanish va siyosiy jazo vositasi sifatida foydalanib, manipulyatsiya qilishda davom etmoqda.
14-mart kuni Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi 13-sonli jazoni ijro etish koloniyasi xodimining qoʻlga olingani haqida ma’lumot berdi. Taqdim etilgan videolavhalar voqealarning ishonarsiz va tekshiruvlarga dosh bermaydigan talqinini yaratishga boʻlgan shoshilinch urinishdek taassurot uygʻotmoqda.
Ayrim manbalarning taʼkidlashicha, Saida Mirziyoyeva Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati oʻrtasidagi idoralararo ziddiyatni kuchaytirmoqda. U oʻzining “Allamjonov ishi” va Ismoil Jahongirovning oʻlimiga aloqadorligi haqida rad etib boʻlmaydigan dalillarga ega boʻlgan DXX xodimlariga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatishga urinayotgani aytilmoqda.
Saida Mirziyoyevaning mahalliy blogerga bergan intervyusidagi ‘saroy o’yinlari’ haqidagi fikrlari shunchaki gap emas, balki jarayonlardagi ishtirokini bilvosita tan olishdek taassurot uyg‘otadi. Aynan shunday fitnalar mutlaq jazosizlik muhitida ildiz otib, guvohlarning yo‘q qilinishiga va adolat poydevorining emirilishiga sabab bo‘ladi.
Bu voqeaning yakuni muqarrar. Qo‘rquv va yolg‘onga asoslangan tuzum uzoq vaqt yashay olmaydi. U yoki o‘z jinoyatlari yuki ostida qulaydi, yoki jamiyat tomonidan parchalanib tashlanadi. Masala shundaki, mamlakat chekkan azob-uqubatlar qanchalik qimmatga tushishidadir.
Davlat miqyosidagi sinizm: Mirziyoyevlar qonli izlarni yuvmoqda

Ruknlar
So’nggi yangiliklar
Rejim xizmatidagi iblis himoyachisi: O’zbekiston huquqbonlarining asl basharasi
22.03.2026Muqaddas oyda sudsiz qatl etish
20.03.2026Davlat miqyosidagi sinizm: Mirziyoyevlar qonli izlarni yuvmoqda
18.03.2026Dron provokatsiyasi: Markaziy Osiyoni urushga tortishga urinish
09.03.2026Erkin Oʻzbekiston Mirziyoyev rejimini sudsiz qatl qilishda ayblamoqda
07.03.2026Arxivlar
Bir oylik yangiliklar