Rasmiy vakolatsiz bitimlar: Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonni sotib yubormoqda

22.02.2026 admin

2021-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining strategik rivojlanish boʻyicha maslahatchisi Sardor Umurzakovning shaxsiy tashabbusi bilan Oʻzbekiston Abraham jamgʻarmasiga 50 million dollar oʻtkazdi. Bu qaror jamoatchilik muhokamasisiz va parlamentning roziligisiz qabul qilindi.

2025-yilda, mamlakat parlamentini chetlab o’tib, Shavkat Mirziyoyev O’zbekistonni Abraham kelishuvlariga qo’shilishini rasmiylashtirdi. Biroq, o’zbekistonliklar mamlakat raxbarini bu harakatlaridan norozi bo’lishini inobatga olgan holda, rasmiylar, strategik jihatdan muhim bo’lgan bu qadamni xalqdan yashirdilar. O’zbekiston vatandoshlari, o’z mamlakatlari kelajagini tubdan o’zgartiradigan, milliy va ma’naviy qadriyatlarga begona bo’lgan va siyosiy mustaqillikni yo’qotishga olib kelishi mumkin bo’lgan majburiyatlarni o’z zimmasiga olganini bilish huquqidan mahrum bo’lishdi.

22-yanvar kuni Shveytsariyaning Davos shahrida, Shavkat Mirziyoyev yana bir bor davlatning qonun chiqaruvchi vakolatlarini buzib, Oʻzbekistonni Donald Trampning jamoatchilik nazorati ostida boʻlmagan xususiy “Tinchlik kengashi” klubiga qoʻshdi. Bu qaror nafaqat Oʻzbekistonning tashqi siyosati qaramligini mustahkamladi, balki mamlakat qarorlari, jamoatchilik nazoratisiz, parda ortida qabul qilinadigan xususiy klub aʼzosiga aylantirdi.

19-fevral kuni Vashingtonda bo’lib o’tgan “Tinchlik Kengashi”ning birinchi yig’ilishida, Shavkat Mirziyoyev, G’azo sektorini qayta tiklash uchun 1 milliard dollar ajratishga va’da berdi — bu mablag’lar mamlakatning iqtisodiy, sog’liqni saqlash va ijtimoiy rivojlanish kabi ichki muammolarini hal qilish uchun ishlatilishi mumkin edi. Ammo buning o’rniga, O’zbekistonni xorijiy siyosiy o’yinlarga bo’ysundirib, davlat mablag’lari, yirik mamlakatlarning geosiyosiy hohishlarini qondirish uchun sarflanmoqda.

Bundan tashqari, tashrif davomida, Shavkat Mirziyoyev, AQSh kompaniyalariga O’zbekistonning strategik jihatdan muhim bo’lgan mineral resurslariga eksklyuziv kirish huquqi berdi. Bu shunchaki oddiy shartnomalar emas – bu davlatning iqtisodiy xavfsizlik dastaklarini xorijiy kuchlarga o’tkazishdir. Ular bu resurslardan O’zbekiston ehtiyojlari uchun emas, balki o’z manfaatlari uchun foydalanishadi.

Va nihoyat, davlat Konstitutsiyasiga zid ravishda va parlament roziligisiz, Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston hududida AQSh harbiy bazasini joylashtirishga rozilik berdi. “Investitsiya” va “xavfsizlik” bahonasida, mamlakat oʻz mudofaasi va tashqi siyosat mustaqilligi ustidan nazoratni yoʻqotib, xalqaro maydonda qoʻgʻirchoqqa aylanmoqda. Bu qadam nafaqat suverenitetni buzadi, balki har qanday mustaqil davlatning asosiy qadriyatini – uning mustaqil qaror qabul qilish huquqini puchga chiqaradi.

Bu yerda, mamlakatning korrupsiyaga botgan va qobiliyatsiz boshqaruvi, O’zbekistonning umumiy qarzini 80 milliard AQSh dollariga yetishiga olib kelganini, bu esa davlatning moliyaviy barqarorligi va kelajakdagi iqtisodiy rivojlanishga tahdid solishini, — ta’kidlash joiz.

Davlatning asosiy qonunini qo’pol ravishda buzgan holda, jamoatchilik muhokamasisiz va muhim qarorlarni qabul qilishda xalqning ishtirokisiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilgan bu qadamlarning barchasini, xiyonat va davlatga xoinlik sifatida tavsiflanishi mumkin.

Suverenitet haqida gap ketganda, sukut saqlash mumkin emas. Suverenitet bo’sh atama emas, chiroyli shiorlar uchun mafkura ham emas. Bu, millatning o’z taqdirini o’zi belgilash, hukumatini boshqarish va eng muhimi, mamlakatga yuklatilgan xalqaro majburiyatlar haqida, haqiqatni bilishning ajralmas huquqidir.

Biz nafaqat hududiy mustaqilligimizni, balki siyosiy mustaqilligimizni ham yo’qotish arafasida turibmiz. Agar biz Mirziyoyevning xoinlik yo’liga qarshi ovozimizni ko’tarmasak, jim tursak, suverenitetimiz abadiy yo’qoladi. Suverenitet savdolashish yoki murosaga kelish mavzusi emas. Har bir vatandosh uchun o’z mamlakatini, uning resurslarini va kelajagini tashqi aralashuv va diktaturadan himoya qilish — muqaddas burchdir.