Haqiqat diktaturadan kuchliroq

12.05.2026 admin

Shavkat Mirziyoyevning qo‘rqoq diktatorlik rejimi hokimiyatni qo‘rquv va senzura bilan ushlab turishga urinayotgan bir paytda, “Erkin O’zbekiston” siyosiy harakati xalqaro maydonda diplomatik hujumni davom ettirmoqda.

11-may, Vena: “Erkin O’zbekiston” harakati Insoniy mezonlar bo‘yicha yig‘ilishda so‘zga chiqib, rejimning jinoyatlarini Yevropa hamjamiyati oldida qayd etdi.

12-may, Kopengagen: “Erkin O’zbekiston” harakati yopiq formatdagi Kopengagen Demokratiya Sammitida ishtirok etmoqda. Bu Sammit — avtoritar rejimlarning kengayishini jilovlash va demokratiyani jahon kun tartibining pesh qadamiga qaytarish maqsadida birlashgan dunyo yetakchilari, siyosatchilar va media gigantlarining eksklyuziv maydonidir.

Daniyadagi Sammitda ishtirok etayotganimiz — Mirziyoyev rejimiga yo‘llangan to‘g‘ridan-to‘g‘ri signaldir. Tadbir yopiq bo‘lib, unda qatnashish faqat tashkilotchilarning maxsus taklifnomasi bilan amalga oshiriladi. “Erkin O’zbekiston”ning ushbu ro‘yxatda ekanligi shuni tasdiqlaydiki: amaldagi hukumat xalqaro obro‘sini shiddat bilan yo‘qotayotgan bir paytda, dunyo bizni o‘zbek xalqining qonuniy ovozi sifatida tan olmoqda.

Mirziyoyev rejimi qo‘rqoqlarcha ijtimoiy tarmoqlarimizni bloklab qo‘yishi va mamlakat ichida so‘z erkinligini bo‘g‘ishi mumkin, biroq u bizning irodamiz oldida ojizdir.

Hech qanday filtrlar va qatag‘onlar tiraniya parchalanishini to‘xtata olmaydi. Biz “Erkin O‘zbekiston”ni barpo etmoqdamiz va harakatimiz jahonning eng oliy darajalarida qo‘llab-quvvatlanmoqda.

Haqiqat to‘siqlardan kuchliroqdir!

leave a comment