“Erkin O’zbekiston” ovozi har qachongidan ham balandroq yangramoqda

05.10.2026 admin

5-oktabrdan 15-oktabrgacha Varshavada Inson huquqlari, demokratiya, qonun ustuvorligi va asosiy erkinliklar masalalarini muhokama qilish uchun YXHT mintaqasidagi mamlakatlardan 1800 dan ortiq ishtirokchini birlashtirgan YXHTning Insoniy mezonlar bo’yicha Varshava konferensiyasi (WHDC 2026) bo’lib o’tmoqda.

Konferensiya ishtirokchilari qatorida, davlatlar, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan bir qatorda, an’anaviy ravishda “Erkin O’zbekiston” siyosiy muxolifatchilik harakati asoschisi Hasanboy Burhanov janoblari ham ishtirok etmoqda.

Konferensiya inson huquqlari va demokratik erkinliklar sohasidagi dolzarb muammolarni muhokama qilish, fikr almashish va ochiq muloqot uchun muhim xalqaro maydon bo’lib xizmat qiladi.