Bashar Asad rejimining qulashi va Damashqda Axmad ash-Sharaa maʼmuriyatining hokimiyatga kelishi Yaqin Sharq xavfsizligini global miqyosda qayta shakllantirish jarayonini boshlab yubordi. Tel-Aviv va Vashington kechagi radikallarni shoshilinch ravishda qonuniylashtirayotgan, Mirziyoyev rejimi esa Suriyaning tijoriy loyihalariga millionlab investitsiya kiritayotgan bir paytda, Idlibning xufyona frontida maxsus xizmatlarning shafqatsiz urushi avj oldi. Yuqori martabali kuchishlatar tizimlar xodimlarining bir qator shov-shuvli qotilliklari ushbu katta oʻyinning jirkanch parda ortini ochib tashladi. “Erkin O’zbekiston” harakati aniqlashicha, Halabdagi oʻzbek investitsiyalarining daxlsizligini saqlab qolish maqsadida Suriya va Oʻzbekiston maxsus xizmatlari oʻz vatandoshlariga qarshi provokatsiyalarga qoʻl urgan, josuslik tarmogʻining muvaffaqiyatsizliklarini esa endilikda uydirma “chechen izi” bilan shoshilinch ravishda yashirishga urinmoqda.
Nima uchun oʻzbek josusi chechen jangchisi sifatida koʻrsatildi?
Joriy yilning 6-iyun kuni Suriyaning Idlib yaqinidagi trassada mototsikldagi noma’lum shaxslar Hyundai Santa Fe avtomobilini oʻqqa tutdi. Mashina ichida Ahmad ash-Sharaa maʼmuriyatiga boʻysunuvchi mahalliy xavfsizlik xizmatining ikki nafar tezkor xodimi boʻlgan. Ulardan biri voqea joyida halok boʻlgan, ikkinchisi esa omon qolgan, biroq koʻplab jarohatlar olgan.
Suriya va Oʻzbekiston maxsus xizmatlarining koʻrsatmasiga binoan, mahalliy axborot agentliklari va ijtimoiy tarmoqlar keng jamoatchilikka yolgʻon axborot tarqatdi. Oʻzbek matbuoti esa bu oʻta muhim voqeani hatto tilga ham olmadi. Rasmiy hisobotlarda oʻldirilgan shaxsning ismi Mustafo ar-Rusiy boʻlgani, u goʻyoki Chechenistonda tugʻilgani hamda “Hayʼat Tahrir ash-Shom” guruhiga aloqador “Qizil brigadalar” tarkibida Bashar Asad rejimiga qarshi jang qilgani taʼkidlangan edi.
Biroq, Suriyadagi “Erkin Oʻzbekiston” muxolifatchilik harakatining ishonchli manbalariga koʻra, halok boʻlgan shaxs chechen emas, balki asli Oʻzbekistonning Sirdaryo viloyatidan boʻlgan, etnik oʻzbek — jangchilar orasida “Mustafo Gulistoniy” nomi bilan tanilgan shaxs boʻlib chiqdi. U Suriyaga 2019-yilda kelgan va shu yerda oʻzbeklarning “Tavhid val-Jihod” harbiy guruhi safiga qoʻshilgan.
Koʻp oʻtmay, Gulistoniyning Oʻzbekiston maxsus xizmatlari bilan yaqin aloqada boʻlgani haqidagi maʼlumotlar paydo boʻldi. Mavjud manbalarga koʻra, u taʼqiblardan qutulishga muvaffaq boʻlgan va keyinchalik boshqa qurolli tuzilmalar safida faoliyatini davom ettirgan. Arab tilini yaxshi bilgani esa unga mahalliy qurolli guruhlar aʼzolari bilan muloqot oʻrnatish va hamkorlik qilishni osonlashtirgan.
2024-yil dekabr oyida Ahmad ash-Sharaaning qurolli tuzilmalari tomonidan Suriyada hokimiyat egallab olinganidan so‘ng, Mustafo Gulistoniy Idlib xavfsizlik xizmatiga qabul qilindi. Bu hudud oʻzining yuqori uyushqoqligi, jangovar shayligi va shijoati bilan tanilgan oʻzbek jangchilari zich yashaydigan makon hisoblanadi. Bu yerda u vatandoshlari orasidagi kayfiyatlar haqida ma’lumot yigʻish bilan shugʻullangan hamda bir vaqtning oʻzida ham Suriya, ham Oʻzbekiston maxsus xizmatlariga ishlagan.
Oʻzbek jangchilari: Suriya hukumati uchun yangi xavf-xatarlar
Radikal gʻoyalarning soxta romantikasi toʻlqinida Suriyaga kelgan xorijiy jangchilar, shu jumladan, oʻzbekistonliklar ham tez orada uzoq davom etayotgan urushning shafqatsiz haqiqatiga duch keldilar. Amaliyotda esa ilgari surilgan diniy ideallar oʻrnini koʻp jihatdan kriminal, ichki nizolar va siyosiy kurashlar egalladi.
Abu Muhammad al-Julaniy (Ahmad ash-Sharaa) muxolif kuchlar koalitsiyasiga rahbarlik qilgan kezlarda, oʻziga boʻysunuvchi harbiy tuzilmalarga Damashq qoʻlga kiritilgach, islom davlati qurishga va’da bergan edi.
Biroq hokimiyat tepasiga kelgach, uning ma’muriyati xalqaro miqyosda tan olinishga intilmoqda va Suriyadagi hayotni shariat iziga solish niyati ham yoʻq. Yangi hukumatning bunday kursi oʻzlarini aldangan deb hisoblayotgan xorijiy jangchilar orasida keskin norozilik va gʻazab keltirib chiqardi, bu esa oʻz navbatida keskinlikning ortishiga sabab boʻlmoqda.
Turli manbalarga koʻra, Suriyada jangovar tajribaga ega va oʻqotar qurol bilan taʼminlangan 5 minggacha markaziy osiyolik etnik oʻzbeklar borligi taxmin qilinadi. Ularning bir qismi yangi Suriya armiyasining qurolli tuzilmalari tarkibiga kirgan, biroq koʻpchiligi esa oʻz shaxsiy qurol-yarogʻlarini topshirmasdan, tinch aholi orasiga singib ketgan.
Natijada oʻzbek qurolli tuzilmalari mustaqil harbiy-siyosiy omilga aylanib, Ahmad ash-Sharaa ma’muriyati ular bilan hisoblashishga majbur boʻlmoqda. Ularning faoliyati Suriyaning oʻtish hukumatini bir necha bor noqulay vaziyatga tushirib, toʻgʻridan-toʻgʻri qurolli toʻqnashuv xavfini keltirib chiqardi. Masalan, 2025-yil oktyabr oyida bir necha yuz oʻzbek jangchisi hukumat qoʻshinlarining yurishini toʻxtatib qoʻygan edi. Damashq Parijning rasmiy soʻroviga binoan, Omar Diabi boshchiligidagi “Firqat al-Gʻurabo” guruhining fransiyalik jangchilarini hibsga olish va ularni ekstraditsiya qilishga urindi, biroq oʻzbek kontingentining keskin qarshiligiga duch keldi.
2026 yilning yanvar oyida oʻzbeklarning qurolli guruhi Maarat-Misrin shahridagi politsiya boʻlimini qurshab olgan edi. Ular safdoshlaridan birining uyiga noqonuniy ravishda bostirib kirgan maxsus xizmat xodimlarining oʻzlariga topshirilishini talab qildi. Suriya hukumati, xuddi birinchi holatda boʻlgani kabi, bu safar ham yon berishni afzal koʻrdi.
Shu bilan birga, oʻzbeklar, xuddi boshqa etnik jangchilar kabi, Suriyani yakuniy manzil sifatida koʻrmaydilar va uni faqat vaqtinchalik makon deb bilishadi. Uzoq muddatli istiqbolda ular oʻz rejalarini Oʻzbekistonga qaytish va vatandagi ichki siyosiy jarayonlarga taʼsir oʻtkazish bilan bogʻlashmoqda. Bu esa ularni mustaqil va qiyin nazorat qilinadigan kuchga aylantiradi, ularning manfaatlari esa yangi Suriya rahbariyatining maqsadlariga har doim ham mos kelavermaydi.
Repressiyalar koordinatatorining namoyishkorona qatl etilishi
Mustafo Gulistoniy bilan bogʻliq voqea Idlibdagi vaziyat keskinlashganining yagona belgisi emas. Uch hafta oʻtgach, 2026-yil 27-iyunga oʻtar kechasi Oʻzbekistondan chiqqan yana bir yuqori martabali shaxs — Xolid al-Jazraviy yangi hujum qurboni boʻldi.
U Al-Fua aholi punktidagi oʻz uyi oldida, avtomobil ichida otib oʻldirildi. Mustafo kabi, yoʻq qilingan bu shaxs ham “Hayat Tahrir ash-Sham” tarkibidagi “Qizil brigadalar” maxsus boʻlinmasining nufuzli aʼzolaridan biri edi. Ushbu qotillik haqida “Erkin Oʻzbekiston” harakati oʻz auditoriyasiga avvalroq batafsil yoritgan edi.
Idlibdagi markaziy osiyolik jangchilar orasida al-Jazraviy yomon nom chiqargan edi. Vatandoshlari uni 2026-yil 6-may kuni oʻzbek guruhlariga qarshi amalga oshirilgan hibsga olishlarni bevosita muvofiqlashtirganlikda ayblashardi. Oʻshanda Damashq qurolli toʻqnashuvga chorlash bahonasi bilan Oʻzbekistonning 20 ga yaqin fuqarosini hibsga olgan va ularning bir qismi tezkorlik bilan Toshkentga topshirilgan edi.
Kuzatuvchilarning fikriga koʻra, al-Jazraviyning oʻz uyi ostonasida otib oʻldirilishi qasos harakati hamda maxsus xizmatlar bilan hamkorlik qilayotganlarning barchasi uchun ochiqdan-ochiq ogohlantirish signali boʻldi.
Ushbu voqea repressiyalardan omon qolgan jangchilar yoki ularning yaqinlari keskin javob choralariga tayyor ekanini, oʻtish davri hukumati esa hatto oʻzining asosiy kadrlariga ham xavfsizlikni kafolatlashga qodir emasligini namoyish etdi.
Qolaversa, tashqi kuchlar manfaatlaridan kelib chiqib, yagona turkiy davlat tuzish loyihasini faol ilgari surgan al-Jazraviyning o’ldirilishi Suriyadagi markaziy osiyolik jangchilar tarkibida chuqur transformatsiya jarayonlari ketayotganini koʻrsatib berdi. Bashar Asad rejimi qulashi va fuqarolar urushining faol bosqichi yakunlanishi ortidan, ushbu mojarodagi ishtirokini daromadli biznesga aylantirib olgan dala qoʻmondonlarining bir qismi oʻz faoliyatini boshqa maqsadlarga yoʻnaltira boshladi. Ular ijtimoiy tarmoqlar orqali yangi geosiyosiy loyiha — “Turon” bayrogʻi ostida yoshlarni yollashga oʻtdilar. Ushbu loyihaning strategik maqsadi — Suriyada toʻplangan radikal salohiyatni chegaralarni beqarorlashtirish hamda uchinchi kuchlarning manfaatlari yoʻlida proksi-urushlarni (boshqalar qoʻli bilan olib boriladigan urushlarni) avj oldirish uchun Markaziy Osiyoga qayta yoʻnaltirishdan iborat.
Oʻzaro ishonchsizlik, safni keraksiz unsurlardan tozalash va josuslik kabi muammolarning aynan mana shu chigalligi nima uchun Suriya tuguni tobora qattiqroq tortilayotganiga oydinlik kiritadi.
Realpolitik: nima uchun Toshkent va Damashq oʻzbek izini yashirmoqda?
Oʻldirilgan josusning etnik kelib chiqishi oʻzgartirilishi sababini tushunish uchun Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo xavfsizlik arxitekturasidagi tektonik siljishlarga nazar tashlash lozim. Bashar Asad rejimi qulaganidan keyin Vashington va Tel-Aviv tomonidan dastlabki qonuniylashtirishga erishgan Axmad ash-Sharaaning yangi oʻtish davri hukumati endilikda tashqi investitsiyalarni jalb qilish uchun dunyoning qolgan qismi bilan munosabatlarni normallashtirishga qattiq muhtoj. Vashington esa bunga peshvoz chiqmoqda: Donald Tramp maʼmuriyati kechagi jangchilar yetakchisini AQShning terrorchilar roʻyxatidan rasman chiqarib tashladi va uning tutilishi uchun Davlat departamenti tomonidan vaʼda qilingan koʻp yillik 10 million dollarlik mukofotni ham bekor qildi.
Kechagi muxolifat yetakchisining qonuniylashtirilishi unga boʻysunuvchi qurolli tuzilmalarning maqomini ham avtomatik ravishda oʻzgartiradi. Agar ash-Sharaa Gʻarb va BMT tomonidan tan olinsa, unga boʻysunuvchi uygʻur, oʻzbek va boshqa xorijiy harbiy guruhlar xalqaro miqyosda endi terrorchi hisoblanmaydi. Endilikda ular — yangi Suriyaning rasmiy kuchishlatar tizimlaridir. Bu esa Shavkat Mirziyoyev rejimi uchun xavfli huquqiy muammoni vujudga keltiradi. Oʻzbekiston ichkarisida bu odamlar qonunchilikka koʻra hamon yollanma jangchilar, terrorist va ekstremistlar boʻlib qolaveradi. Biroq, Mirziyoyev rejimi uchun tanlash imkoniyati yoʻq: Suriyadagi oʻzbek tijoriy loyihalarining xavfsizligi endi toʻgʻridan-toʻgʻri kechagi jangarilarga, xususan, oʻzbek jangchilariga ham bogʻliq.
Shu bilan bir qatorda, Netanyaxu hukumati va Tramp maʼmuriyati Ibrohim kelishuvlari (Abraham Accords) geografiyasini Markaziy Osiyo hisobiga faol kengaytirmoqda. Oʻzbekistonning ushbu blokga integratsiyalashuvi uchun amaliy poydevor 2021-yilda, Mirziyoyev rejimi Ibrohim jamgʻarmasiga 50 million dollar oʻtkazgan paytda qoʻyilgan edi.
2025-yil noyabr oyida Qozogʻistonning ushbu blokga rasman qoʻshilishi esa mintaqada keng koʻlamli geosiyosiy siljishlar uchun zamin yaratib, bu tendensiyani uzil-kesil mustahkamladi.
Ushbu sxemada Vashington va Tel-Aviv Toshkentdan qulay vositachi sifatida foydalanmoqda. AQSh va Isroil vayron boʻlgan Suriyaga toʻgʻridan-toʻgʻri kapital kirita olmaydi, shu sababli ular boshqalarning qoʻli bilan harakat qiladi. Oʻzbekiston shunchaki qonuniy “moliyaviy niqob” boʻlib xizmat qilmoqda va Suriya loyihalariga “Buyuk ipak yoʻlini qayta tiklash” deb nomlangan bahona bilan kirmoqda.
Prezident Mirziyoyev uchun bunday missiya — Amerikaning eʼtibori va muruvvatlari, Isroil texnologiyalari va arab milliardlariga ayriboshlash mumkin boʻlgan shunchaki foydali tovar emas. Bu uning oʻz rejimini saqlab qolish va Gʻarb tanqididan himoyalanish uchun strategik kafolatdir. Biroq, bitimning teskari tomoni geosiyosiy mustaqillikni yoʻqotish boʻlmoqda: Oʻzbekistonning asosiy tarmoqlari amalda transmilliy kompaniyalarning tashqi boshqaruvi ostiga oʻtmoqda.
Ushbu global kelishuv doirasida Mustafo Gulistoniyni chechenistonlik “Mustafo al-Rusiy”ga aylantirish bilan bogʻliq axborot nayrangi bir vaqtning oʻzida bir nechta oʻta muhim vazifalarni bajargan.
Birinchidan, bu holat Damashqning xalqaro obroʻ-eʼtiborini saqlab qolgan. Zero, muvaqqat hukumatning Gʻarb davlatlari bilan sanksiyalarni bekor qilish boʻyicha muzokaralari fonida, yangi maʼmuriyat Oʻzbekiston maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda yashirincha, sudsiz hibsga olishlarni amalga oshirayotgani fosh boʻlganida, bu Axmad ash-Sharaani juda noqulay ahvolga solib qoʻygan boʻlardi.
Ikkinchidan, bu versiya Shavkat Mirziyoyevning oʻzini AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi va Isroil Mossadining “yollanma askari” degan tamgʻadan himoya qilar edi. Zero, agar muvaqqat hukumat rahbari endilikda rasman terrorchi hisoblanmasa, Oʻzbekiston Davlat xavfsizlik xizmatining may oyida Suriyada oʻtkazgan maxsus operatsiyalari suriyalik jangarilar koʻzida Vashington va Tel-Avivning geosiyosiy manfaatlariga xizmat qiluvchi oddiygina musulmonlarni qatliom qilish boʻlib koʻringan boʻlardi.
Uchinchidan, bu niqob investitsiyalarning daxlsizligini taʼminlar edi. Zero, 2026-yil 21-may kuni Halabda O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov ishtirokida “Oʻzbekiston–Suriya” Savdo uyi ochilgan edi.
May oyida oʻzbeklarning hibsga olinishi ortida ularning oʻz vatandoshlari — Xolid al-Jazraviy va Mustafo Gulistoniy turgani, Halab atrofidagi sukunat esa qondoshlarining hayoti evaziga sotib olingani fosh boʻlishi, Idlibdagi koʻp ming kishilik oʻzbek jamoasining qurolli isyoniga va yaratilayotgan barcha biznes-infratuzilmaning yoʻq qilinishiga muqarrar ravishda sabab boʻlar edi.
Toʻrtinchidan, “chechen izi” ideal chaqmoq qaytargich (eʼtiborni chalgʻitish vositasi) vazifasini oʻtadi. Chechenistonlik “Mustafo al-Rusiy”ning yoʻq qilingani haqidagi uydirma talqin diqqat markazini sunʼiy ravishda Rossiyaga koʻchirdi va josusning oʻlimini kelishuvlarning haqiqiy ishtirokchilariga mutlaqo aloqasi boʻlmagan “Kavkaz urushlarining aksi” sifatida koʻrsatdi.
Kavkaz kontekstidan foydalanishda Oʻzbekiston kuchishlatar tizimlarining aynan bir xil, vaqt sinovidan oʻtgan tezkor ish uslubi koʻzga tashlanadi. 2024-yil 26-oktabrda Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov tomonidan sahnalashtirilgan suiqasd voqealarini parallel tahlil qilish, yana o‘sha takrorlanib kelayotgan sxemani ochib beradi. Allamjonov ishida Ramzan Qodirovga qarshi ayblovlar qoʻyilishi va ikki nafar chechenistonlikning qidiruvga berilishi Toshkent hukumatiga respublika ichidagi keskin klanlararo kurashdan diqqatni bir zumda tashqi konturga burib yuborish imkonini bergan edi.
Suriya voqeasida Mustafoning chechenga aylantirilishi aynan oʻxshash vazifani hal qildi: Oʻzbekiston maxsus xizmatlari agentura ishining barbod boʻlganini tan olish oʻrniga, xalqaro jamoatchilikka kavkazlik jangchining jinoiy janjal oqibatida halok boʻlgani haqidagi voqeani tiqishtirishdi. Har ikkala holatda ham asosiy urgʻu chala haqiqatga qaratilgan edi: haqiqatan ham, Idlibda Mustafo “Hayat Tahrir ash-Shom” taʼsir doirasidagi oʻzbek-chechen qurolli tuzilmalari ichida boʻlgan; Toshkentda esa voqeaning koʻlamini sunʼiy ravishda oshirish va ishga geosiyosiy vazn berish maqsadida Shohrux Ahmedovning ishtiroki Turkiyadagi “chechen izi”ga majburan bogʻlangan edi.
Yakuniy qism
Maxsus xizmatlar tomonidan keng koʻlamda olib borilgan dezinformatsiya kampaniyasi Mirziyoyev va ash-Sharaa rejimlari oʻrtasidagi jirkanch ittifoqni uzoq vaqt yashira olmagan vaqtinchalik parda boʻlib chiqdi. Xolid al-Jazraviyning etnik guruhlar tomonidan namoyishkorona otib oʻldirilishi fonida bir narsa ayon boʻlmoqda: yangi hokimiyatning oʻzagini tashkil etuvchi “Hayat Tahrir ash-Shom” kuchishlatar tuzilmalari mintaqa ustidan nazoratni shiddat bilan yoʻqotmoqda. Axmad ash-Sharaa maʼmuriyatining xavfsizlik idoralaridagi muntazam axborot sizdirilishlari va Oʻzbekiston kuchishlatar tizimlarining Suriyadagi missiyasi butunlay barbod boʻlishi DXXning mahalliy agentura tarmogʻini butkul fosh qildi. Bu esa Toshkent uchun ishlayotgan tezkor xodimlar va josuslarning yoʻq qilinishi muqarrar ravishda davom etishini anglatadi.
2026-yil may oyi boshida oʻzbeklarning shafqatsizlarcha hibsga olinishi toʻlqini 21-may kuni Halabda “Oʻzbekiston–Suriya” Savdo uyining tantanali ochilish marosimiga koʻrilgan tayyorgarlik doirasida amalga oshirilgan kuch ishlatish vositasidagi “hududni tozalash” operatsiyasi boʻlgani kundek ravshan. Biroq, Suriya “poligoni” yopilmoqda, u yerda toʻplangan radikal salohiyat esa hech qayerga yoʻqolib ketgani yoʻq. Oʻz jamoatlia kimning chaquvi bilan va kimning tijoriy manfaatlari yoʻlida yakson qilinganini juda yaxshi biladigan avtonom oʻzbek guruhlari endilikda Mirziyoyev rejimining Suriyadagi har qanday loyihasini qoʻporuvchilik nishoni sifatida koʻrmoqda.
Bu holat Halabda ochilgan majmuani va unga aloqador Oʻzbekiston–Suriya tijoriy obyektlarini kechagi vatandoshlar tomonidan boʻladigan qurolli hujumlar qarshisida oʻta zaif va yuqori xavfli hududga aylantiradi. Zamonaviy Realpolitikda axborot qalqoni ulkan qiymatga ega, biroq Idlib amaliyoti koʻrsatganidek, hatto u ham qon ustiga qurilgan biznes-platformalarni va ularning ijrochilarini yaqin va muqarrar jazodan himoya qila olmaydi.
Mirziyoyevning geosiyosiy sharmandaligi: Suriyada oʻzbek maxsus xizmatlari josuslarining oʻldirilishi

Ruknlar
So’nggi yangiliklar
Mirziyoyevning geosiyosiy sharmandaligi: Suriyada oʻzbek maxsus xizmatlari josuslarining oʻldirilishi
06.07.2026Idlibdagi qotillik: xiyonat uchun jazo
29.06.2026Jallodlar xizmatidagi advokatura: O‘zbekiston Advokatlar palatasi — pora uzatishdagi vositachi
01.06.2026Toshkentdagi sud farsi: Rejim “Glamour Gold” qurilish piramidasini qanday qilib yashirmoqda va mustaqil ovozlarni boʻgʻmoqda?
26.05.2026“Glamour Gold” ishi: nega sudlanuvchilar orasida davlat organlarining vakillari yo‘q?
23.05.2026Arxivlar
Bir oylik yangiliklar