So’z erkinligiga zarba: Saida Mirziyoyeva xakerlarni yolladi

28.12.2025 admin

Qarindoshlik rishtalari bilan bog’langan davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev va kuch ishlatar tizimining yuqori lavozimli amaldori Botir Tursunov, O’zbekistonda hokimiyatni egallab olishning xavfli ssenariysini amalga oshirishga kirishishdi. Gap, hokimiyatni oilaviy va urug’-aymoqchilik prinsiplari asosida o’tkazish haqida bormoqda. Ularning maqsadi, Saida Mirziyoyevni prezident qilib qo’yish, 79 yoshli Botir Tursunovning o’g’li Ulug’bek Tursunovni esa, O’zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisining birinchi o’rinbosari etib tayinlashdan iborat.

Prezidentning qizi Internetni tozalamoqda

Ushbu maqsadga erishish uchun, o’zini “o’zbek malikasi” deb hisoblaydigan O’zbekiston ma’muriyati rahbari Saida Mirziyoyeva, axborot makonini, uning asl qiyofasini fosh qilishi mumkin bo’lgan kompromat ma’lumotlardan, keng ko’lamli tozalash ishlarini boshladi.

Saida Mirziyoyeva “Oktobank” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi orqali rossiyalik xakerlar xizmatidan foydalanishga kirishib, ularga uning faoliyati bilan bog’liq bo’lgan muhim ma’lumotlarni internet tarmog’idan aniqlash va o’chirish vazifasi yuklandi.

Shu yilning oktabr oyida, erkinuz.org sayti ma’muri, “Erkin O‘zbekiston” siyosiy muxolifat harakatining rasmiy platformasi saytiga xizmat ko’rsatuvchi xosting provayderidan, xavotirli bildirishnoma oldi. Xabarda aytilishicha, “xorijiy Ma’lumotlarni qayta ishlash markazining (Data-markaz) shikoyati va provayder Germaniyada joylashgan serveri blokirovka bo’lmasligi uchun — erkinuz.org saytning xosting xizmatlari to’xtatildi”, – deb yozilgan.

Data-markazning shikoyatida, “Oktobank” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Iskandar Tursunov nomidan, Internet-resurslarini monitoring qilish, qonunbuzarliklarni aniqlash va oldini olish maqsadida BRANDPOL kompaniyasiga vakolat berilganligi yozilgan. Xususan, BRANDPOL, erkinuz.org veb-saytida 2024-yil 8-sentabr kuni e’lon qilingan material, ularni fikricha, “Oktobank” AJ va boshqaruv raisiga bilvosita moddiy va ma’naviy zarar yetkazadi deb, uni o’chirishni talab qilgan.

“Erkin O‘zbekiston” harakatiga nisbatan bo’lishi mumkin bo’lgan muammolarning oldini olish maqsadida hamda vaziyat oqibatlari to’liq bartaraf etilgunga qadar, erkinuz.org saytida ayrim maqolalarni o’qish imkoniyatini vaqtincha cheklashga qaror qildik. Hozirgi kunda, vaziyat bilan bog’liq bo’lgan barcha muammolar hal qilindi va chop etilgan hamma materiallar bilan tanishib chiqish imkoni mavjud.

Ammo, hikoyani davom etishdan oldin, faoliyati diqqatimizni tortgan, BRANDPOL kompaniyasi bilan yaqindan tanishishni o’rinli deb topdik.

BRANDPOL kompaniyasi

2017-yilda Eduard Fedosov va Aleksandr Abroskin tomonidan asos solingan va ustav kapitali 10 000 rubl (davlat ro’yxatidan o’tish vaqtida $170) bo’lgan Rossiyaning BRANDPOL kompaniyasi, Internetda reputatsiyani boshqarish va yurisdiksiya cheklovlaridan qati nazar himoya qilish xizmatlarni ko’rsatib kelmoqda.

Ochiq manbalarda to’plangan ma’lumotlar va e’lon qilingan axborotlarga asoslanib, BRANDPOL tovlamachilik va shantaj bilan shug’ullanishi, uning asoschilari esa “FSB” (Federal xavfsizlik xizmati) direktori Aleksandr Bortnikov hamda “USM Holdings” asoschisi, jinoiy oligarx Alisher Usmonovning o’gay o’g’li Anton Viner bilan yaqin aloqada bo’lgan — firibgarlar ekani haqida xulosa qilish mumkin.

2021-yilning 16-noyabr kuni Eduard Fedosov Rossiya huquq-tartibot idoralari tomonidan, Sheremetyevo aeroportida chet elga uchib ketmoqchi bo’lgan vaqtida, qo’lga olingan edi. Tergov ma’lumotlariga ko’ra, Fedosov bir guruh shaxslar tarkibida “Shchelkovo Agroxim” aksiyadorlik jamiyati egalaridan katta miqdorda pul undirishda ayblangan.

Mustaqil davlatlar hamdo’stligi hududida iqtisodiy jinoyatlarni kuzatuvchi mustaqil ommaviy axborot vositalarining yozishicha, 2019-yil 16-oktabrdan boshlab “Shchelkovo Agroxim” AJ bilan rasman hamkorlikni boshlagan Anton Viner, 2021 yilda ushbu tashkilotni reyderlik yo’li bilan tortib olish urinishida bevosita ishtirok etgan.

Taxminlarga ko’ra, 2021 yilda 100% aksiyalarning haqiqiy qiymati $260 million bo’lgan ser daromadli “Shchelkovo Agroxim” korxonasini tortib olish g’oyasi, uning ta’sirchan o’gay otasi Alisher Usmonov tomonidan chiqqan bo’lishi mumkin.

BRANDPOLning ikkinchi asoschisi Aleksandr Abroskin ham shov-shuvli jinoiy ishda ishtirok etgan va Interpol tomonidan xalqaro qidiruvga berilgan edi. Tergov ma’lumotlariga ko’ra, ilgari shu kabi jinoyatlar uchun sudlangan Abroskin Chelyabinsk viloyati gubernatorining o’rinbosari Nikolay Sandakov buyurtmasi bilan hukumat amaldorlari, jurnalistlar va faollarga tegishli bo’lgan 10 mingdan ortiq elektron xatlarini buzib ochgan.

Aleksandr Abroskin

2016 yilning may oyida, Abroskin Bolgariya huquq-tartibot idoralari tomonidan hibsga olingan va shu yilning 12 avgustida, Rossiya Ichki ishlar vazirligi Interpol milliy markaziy byurosi xodimlari tomonidan Sofiyadan Rossiyaga olib kelingan.

Aleksandr Abroskin - Interpol

Ish beruvchilar reytingini aks ettiruvchi ko’plab saytlarda, BRANDPOLning bir xil formatdagi ijobiy sharhlar bilan bir qatorda, sobiq xodimlar va ushbu tashkilot qo’lidan jabr ko’rgan odamlarning salbiy fikrlarini ham ko’rish mumkin.

Fedosov va Abroskin Rossiyaning “FSB”si hamda nufuzli shaxslari bilan yaqin aloqalari, ularga jinoyatlari uchun haqiqiy jazodan qutulishi va Yevropaga ko’chib o’tib, Yevropa Ittifoqi doirasida buzg’unchi faoliyatlarini davom ettirish imkonini berdi.

Saida Mirziyoyeva niqobini yechib, asl yuzini ko’rsatdi

Shavkat Mirziyoev oilasida prezidentlik kursisi uchun shiddatli kurash davom etmoqda. Raqiblarini yo’q qilish maqsadida, 2024-yil oktabr oyida, Saida Mirziyoyevaning o’ynashi bo’lgan Komil Allamjonovga nisbatan sahnalashtirilgan suiqasd uyushtirdi. Soxta jinoyat ishi natijasida, o’nlab begunoh insonlarga nisbatan uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Bu sof siyosiy jinoyat bo’lib, undan maqsad davlatning mudofaa qobiliyati uchun ajratilgan ko’p milliard dollarlik mablag’larning o’g’irlanishini yashirish, shuningdek, Shavkat Mirziyoyev va Botir Tursunovlarning rejalarini amalga oshirishga tahdid solishi mumkin bo’lgan har qanday shaxslarni qo’rqitish va yo’q qilish edi.

“Oktobank” orqali sodir etilayotgan jinoyatlar bevosita Saida Mirziyoyeva bilan bog’liq. Shubhali operatsiyalar uchun vositaga aylangan ushbu moliya institutining ko’lami shu darajaga borib yettiki, “Octobank”ga qarshi sanktsiyalar kiritishni taklif qilgan Evropa Ittifoqi parlamenti a’zolari orasida xavotir uyg’otdi.

“Oktobank” nafaqat moliyaviy muassasa, balki Saida Mirziyoyevaning korrupsion sxemalarini yashirish va oilasi qudratini mustahkamlashdagi asosiy vositalaridan biridir.

Shavkat Mirziyoyev va uning atrofidagilarning jinoyatlari haqida tinmay muhokama qilsa bo’ladi. Aynan shu sababdan O’zbekiston hukumati vahima darajasida oshkoralikdan qo’rqib, mustaqil axborot manbalarini tizimli ravishda bloklab va to’sib qo’yib, o’z ayblariga iqror bo’lmoqda.

O’zbekiston prezidenti qizining Rossiyaning jinoiy tuzilmalarga qilgan murojaati, Mirziyoyev rejimining ilg’or islohotlar va demokratiyaga sodiqligi haqidagi barcha da’volarini shubha ostiga qo’yadi. Saida Mirziyoyeva shu tariqa o’z maqsadlariga erishish uchun, o’zbekistonliklarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini buzishdan qo’rqmasdan, qonundan tashqari harakat qilishga tayyorligini ta’kidlab, O’zbekiston xalqining yuziga tupurganini bildirmoqda.

Shu bilan birga, shuni ta’kidlamoqchimizki, Mirziyoyev rejimi tomonidan yaratilgan barcha to’siq va bosimlarga qaramay, “Erkin O’zbekiston” siyosiy muxolifat harakatining maqsadi o’zgarishsiz qolmoqda! Ovozimizni o’chirishga urinishlar, demokratiya va Erkin O’zbekistonni barpo qilish uchun kurashni davom ettirishga bo’lgan qat’iyatimizni kuchaytiradi! Internet resurslari yopilishi mumkin, lekin erkinlik istagi — hech qachon!