Dezinformatsiyadan repressiyalargacha: Qoraqalpog’istonda nogironlar huquqlarining buzilishi

06.02.2026 admin

Qoraqalpogʻistonda, rasmiylar, nogironligi boʻlgan shaxslardan pullarini tortib olmoqda desa ham bo’ladi. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan, taxminan 250 kishiga ultimatum qo’yildi: ijara haqini toʻlang, bo‘lmasa yashab turgan xonangizdan chiqarib yuborilasiz!

2022-yilda, bu odamlar, Xo‘jayli tumanidagi “Sarishungul” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan, sobiq ruhiy kasalliklar shifoxonasining binosida tashkil etilgan va faqatgina kommunal xizmatlar uchun to‘lovlarni to‘lash sharti bilan “ijtimoiy shaharcha”ga ko‘chirilgan edi. Shu vaqtdan beri, “ijtimoiy shaharcha” nazorat vositasi sifatida ishlatilib: ruhiy kasalliklar binolari zulm muhitini yaratib, ijtimoiy yordamni, majburlash va psixologik bostirish mexanizmiga aylantirilgan.

2025-yildan boshlab, “ijtimoiy shaharcha”da yashash talablari rasmiylar tomonidan bir tomonlama o‘zgartirildi. Mahalliy hokimiyat vakillari odamlarni majburiy ijara haqi joriy etilishi haqida rasman xabardor qilib, yangi talablarga jismoniy va iqtisodiy jihatdan zaif bo’lganlarga nisbatan, qonuniy ravishda yashab turgan honalaridan chiqarib yuborish bilan, tahdid qildilar. Rasmiylarning bu harakati, o’z huquqlarini himoya qilish va moliyaviy majburiyatlarini bajarish imkoniyatidan mahrum bo’lgan odamlarga nisbatan to’g’ridan-to’g’ri ma’muriy zo’ravonlik hisoblanadi.

Taxminan ikki million aholiga ega bo’lgan Qoraqalpogʻiston, Oʻzbekiston hududining 40 foizini tashkil qiladi va taxminan 2,5 trillion AQSh dollarlik tabiiy resurslarga ega. Hukumat, ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlariga munosib yashash sharoitlarini ta’minlash uchun barcha resurslarga ega, ammo Mirziyoyev rejimi, ataylab, repressiya va iqtisodiy bosim yo‘lini tanladi.

Nogironlarni, ijara to’lovini to’lash sharti bilan, “ijtimoiy xonalar”ga joylashtirish tajribasi ijtimoiy siyosat deb hisoblash mumkin emas. Bu “ijtimoiy himoya” va “Orol dengizini tiklash” ritorikasi ortiga yashirilgan, ko’zbo’yamachilik va bevosita jahon hamjamiyatini aldashdir.

Nogironligi bo’lgan shaxslarning halokatli ahvoli fonida, Qoraqalpog’istonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi uchun mas’ul bo’lgan Saida Mirziyoevaning barcha ommaviy bayonotlari — ochiqchasiga yolg’ondir. Uning asl maqsadi, davlat vazifalariga loqaydlik va vijdonsizlarcha munosabatda bo‘lib, korrupsiya amaliyotlarini, mintaqaviy resurslarning misli ko’rilmagan darajada qayta taqsimlanishini yashirishga qaratilgan. Ijtimoiy himoyaga muhtoj bo’lgan insonlar uchun ijtimoiy kafolatlar berish o’rniga, rasmiylar, aholining eng zaif qatlamiga nisbatan repressiv mexanizmlardan foydalanishga tayyor ekanliklarini namoyish etib, ma’muriy resurslarni zo’ravonlik vositalariga aylantirmoqdalar.

Markazning Qoraqalpogʻiston nogironlariga nisbatan bo’lgan munosabati, ularning huquqlari va asosiy ehtiyojlariga tizimli ravishda befarqlikni namoyish etib, eng zaif fuqarolarga nisbatan repressiyalar bilan tahdid qilmoqda. Bu esa, o’z o’rnida, 2022-yil iyul oyida Qoraqalpogʻistonda bo’lib o’tgan qonli voqealarni eslatib, “takrorlashimiz mumkin” degan iborani yodga soladi.

Bu ibora, davlat zo’ravonligi endi nogironlar va og’ir kasallarga qarshi qaratilgan bo’lishi mumkinligini, ularni xavfsizlik, uy-joy, tibbiy yordam va ijtimoiy himoya kabi so’nggi qolgan kafolatlaridan mahrum qilishini eslatadi. Sobiq psixiatrik shifoxonalardan foydalanish, sud mexanizmlari orqali bosim o’tkazish va xonalardan ko’chaga chiqarib yuborish tahdidlari esa, “ijtimoiy siyosat” deb atalmish iborani, Mirziyoyev rejimi tizimli terror vositasiga aylantirmoqda.

Ulkan tabiiy resurslarga va trillionlab dollarlik salohiyatga ega bo‘lgan mintaqa, rasmiy ritorika va hukumatning amaldagi harakatlari o’rtasida katta tafovut borligini ko‘rsatmoqda. Ijara haqining joriy etilishi, ko’chirish tahdidi va jazolovchi psixiatriyadan foydalanish ijtimoiy siyosat emas, balki davlat zo’ravonligi va ijtimoiy ximoyaga muxtoj bo‘lgan shaxslarni qasddan ekspluatatsiya qilishdir.