O’zbekiston NNTda tizimli korrupsiya

17.07.2025 admin

O’zbekiston hukumatining targ’ibotchilari Shavkat Mirziyaevning hokimiyatga kelishi bilan mamlakatda keng ko’lamli islohotlar boshlanganini, aholining turmush darajasi esa Islom Karimov hukmronligi davriga nisbatan sezilarli darajada yaxshilanganini, chunki ularning ta’kidlashicha, u vaqtlarda O’zbekistonda yashash sharoitlari chidab bo’lmas darajada bo’lganini ta’kidlab, dunyo hamjamiyatini chalg’itishda davom etmoqda.

Soxta fuqarolik faollari, ikkiyuzlamachi va xudbin huquqbonlar, shuningdek, hukumat nazorati ostidagi ommaviy axborot vositalari va bloggerlar O’zbekiston fuqarolari va jahon hamjamiyatini Shavkat Mirziyaev mamlakatni yaqinlashib kelayotgan halokatdan qutqarayotganini, hokimiyat nogironligi bo’lgan shaxslarga munosabatini ijobiy tomonga o’zgartirib, ularga mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ishtirok etish imkoniyatini derdi, deya ishontirishga urinmoqda.

Hukumat nogironlarni terror bilan qo’rqitmoqda

“Ijtimoiy o’zaro yordam Mehribonlik nogironlar jamiyati”ning Yunusobod bo’limi misolida, O’zbekiston hukumatining jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslarga bo’lgan haqiqiy munosabati va nogironligi bo’lgan faollar konstitutsiyaviy huquqlarini himoya qilishga qaror qilganlarida, qanday muammolarga duch kelganliklari haqida gapirib beramiz.

Joriy yilning mart oyining so’nggi o’n kunligida ko’plab huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ketma-ket tashrifi, Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan “Beg’ubor” mahalla aholisining qo’rqitib, ularning tinchligini buzdi. Shu kunlarda, ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimlari turli xil qurol – yarog’ va maxsus vositalar bilan qurollangan holda, erta tongdan boshlab “Beg’ubor” mahallasi binosining perimetrini o’rab olishdi. U yerda, davlat organlarining ruxsati bilan, “Ijtimoiy o’zaro yordam Mehribonlik nogironlar jamiyati”ning yig’ilishlari o’tkazilishi rejalashtirilgan edi.

“Mehribonlik” NNTdagi mojarosining kelib chiqishi

2021 yil sentyabr oyida moddiy va boshqa yordamni jalb qilish uchun “Ijtimoiy o’zaro yordam Mehribonlik nogironlar jamiyati”ning Yunusobod bo’limi raisi Saodat Seyfullina ijtimoiy xodimlarni ishga qabul qilgan edi. Yangi xodimlar faoliyatlari davomida, jalb qilingan moddiy yordamlar tashkilot a’zolariga to’liq etib bormasligini, nogironlar ehtiyojlari uchun mo’ljallangan mol-mulk va mablag’lar tashkilot raisi tomonidan talon-taroj qilayotganligini ko’rib kelishgan.

Ijtimoiy xodimlar va jamiyat a’zolari, rahbariyatdan, nodavlat tashkilot ishida ochiqlik va shaffoflikni talab qilishni boshlaganlarida, 2023 yilning bahorida jamiyat ma’muriyati ularni sababsiz ishdan bo’shatib, tashkilotdagi korrupsiyaga qarshi kurashgan ba’zi bir ruszabon a’zolarni a’zolikdan chiqarib yubordi.
Noqonuniy bo’shatilgan va a’zolikdan o’chirilgan “Mehribonlik jamiyati”ning sobiq xodimlari hamda a’zolari, adolatga erishish uchun o’z huquqlarini himoya qilishga qaror qilishdi. Haqiqatni tiklash uchun ikki yillik kurash jarayonida, sud organlari noqonuniy ishdan bo’shatilgan xodimlar foydasiga qaror chiqardi, nazorat organlari esa “Mehribonlik jamiyati” rahbariyatiga xodimlar va a’zolarning buzilgan huquqlarini tiklash uchun taqdimnomalar kiritdi. Biroq, bugungi kunga qadar ular ishga qayta tiklanmagan va qonun ustuvorligi ta’minlanmagan.

Tashkilotdagi nizoli vaziyatni hal etish maqsadida, O’zbekiston Adliya vazirligi joriy yilning 19 mart kuni, “Beg’ubor” mahallasi binosida “Ijtimoiy o’zaro yordam Mehribonlik nogironlar jamiyati”ning Yunusobod bo’limi yig’ilishini o’tkazdi. Yig’ilishning asosiy maqsadi tashkilotning yangi raisini saylash edi, chunki avvalgi rahbar Saodat Seyfullina korrupsiya jinoyatlari sodir etilganligi sababli, lavozimidan chetlatilgan edi.

Adliya vazirligi milliy gvardiya xodimlari ko’magida, hisobot-saylov konferensiyasi o’tkaziladigan binoga kiraverishda, tadbir ishtirokchilarini tekshirishni tashkil etdi.

Nogironlar jamiyatining noqonuniy ravishda ishdan bo’shatilgan xodimlari va printsipial a’zolari hisobot-saylov konferensiyaga kirishni xohlaganlarida, “Ijtimoiy o’zaro yordam Mehribonlik nogironlar jamiyati”ning Bektemir bo’limi raisi Gulnora Asimova rahbarligidagi baquvvat shallaqi va agressiv ayollar, ularga to’sqinlik qilib, milliy va diniy sabablar bilan adovat qo’zg’atib, nogironligi bo’lgan shaxslar bilan janjal chiqarmoqchi bo’ldilar.

Gulnora Azimovaning, ilgari ishdan bo’shatilgan va chetlatilgan jamiyat a’zolarining yig’ilishiga yo’l qo’ymaslik haqida, hatto buning uchun kerak bo’lsa provokatsion harakatlardan foydalanishi to’girisida, adliya vazirligi xodimlari tomonidan og’zaki ko’rsatma bergan, deb aytgan so’zlari kamera tasviriga tushib qoldi. Yig’ilish tashkilotchilari, shuningdek tashqaridan jalb qilingan baquvvat shallaqi va agressiv ayollar, ishtirokchilarni itoatkorlik ko’rsatmagan va O’zbekiston Adliya vazirligining nomzodi bo’lgan Nigora Nabiyevaga ovoz berishdan bosh tortganlarga nisbatan, — jismoniy jazo hamda qamoq tahdidi bilan qo’rqitishdi.

Shunday vaziyatda, 2025 yil 19 mart kuni, nogironlar jamiyatining, milliy gvardiya xodimlari ishtirokida o’tgan, hisobot-saylov konferensiyasida 60 nafar ishtirokchilar Nigora Nabiyevani “Ijtimoiy o’zaro yordam Mehribonlik nogironlar jamiyati” Yunusobod bo’limining yangi raisi etib saylashga majbur bo’ldi.

Adliya vazirligi tayinlagan rais xorijiy yordamni o’zlashtirdi

Nogironlar jamiyatining yangi rahbari saylanganidan ikki hafta o’tgach, Qatar davlatining O’zbekistondagi elchixonasi musulmonlarning Eid al-Fitr bayrami munosabati bilan, “Vaqf” xayriya jamoat fondi orqali, “Ijtimoiy o’zaro yordam Mehribonlik nogironlar jamiyati” Yunusobod bo’limiga xayriya yordami sifatida 15 – xil mahsulotlarni o’z ichiga olgan 100 – ta oziq-ovqat to’plamlarini ajratdi. Faqatgina unga ma’lum bo’lgan sababga ko’ra, Nigora Nabiyeva nogironlar uchun berilgan insonparvarlik yordamini Gulnora Azimovaning xususiy uyiga olib kelib tushirdi.

“Ijtimoiy o’zaro yordam Mehribonlik nogironlar jamiyati” Yunusobod bo’limi faollari, jamiyatning yangi raisi Nigora Nabiyeva Toshkent shahar, Bektemir va Yakkasaroy tuman bo’limlari rahbarlari — Farhod Zokirov, Gulnora Azimova va Zulfiya Yoqubov bilan til biriktirib, olingan insonparvarlik yordamni to’liq o’zlashtirganliklarini aniqladilar. Buning o’rniga esa, tashkilot a’zolari orasida sifati va tarkibi ancha past bo’lgan oziq-ovqat to’plamlari tarqatildi, ularning hajmi ajratilgan yordamning dastlabki hajmining atigi 30 foizini tashkil etgan edi.

Nigora Nabiyevaning noqonuniy harakatlariga baho berish maqsadida, joriy yilning 16 iyun kuni “Beg’ubor” mahallasi binosida “Ijtimoiy o’zaro yordam Mehribonlik nogironlar jamiyati” Yunusobod bo’limi yig’ilishi bo’lib o’tdi. Toshkent shahar “Mehribonlik jamiyati”ning rahbari Farhod Zokirov va Laylo ismli “Beg’ubor” mahallasining raisi, shuningdek noma’lum sabablarga ko’ra yig’ilishda ishtirok etgan milliy gvardiya xodimlari, majlis davomida, nogironligi bo’lgan shaxlarni haqini talon-taroj qilgan Nigora Nabiyevani har tomonlama himoya qilib keldilar. Nogironlar jamiyatining prinsipial a’zolari insonparvarlik yordamni taqsimlash ro’yxatini ko’rsatishni talab qilishganda, Laylo ismli “Beg’ubor” mahallasi raisining buyrug’i bilan, milliy gvardiya xodimlari ularni itarib, binodan chiqarib yuborishdi.

Bunday vaziyatlarda mantiqiy savol tug’iladi: o’zini himoya qila olmaydiganlarni kim himoya qiladi? Javob oddiy: butun jamiyat. Moddiy yordamning taqsimlanishi va moliyaviy mablag’larning sarflanishi ustidan samarali nazorat tizimi mavjudligi, tashkilot veb-saytlarida mustaqil auditlar natijalarini e’lon qilinishi, monitoring jarayonida jamoatchilikning ishtiroki zarur. Korrupsiya va suiiste’molchilikning har qanday namoyon bo’lishiga toqat qilmaslik muhitini yaratish muhimdir.

“Mehribonlik nogironlar jamiyati” a’zolari bilan sodir bo’lgan voqea, Mirziyaev rejimining aholini ijtimoiy zaif qatlamlariga g’amxo’rlik qilish haqidagi da’volarining yolg’onligini yana bir bor isbotladi.

Raisa Yoqubova: “Menga bunday nogironlar kerak emas!”

Nogironlar jamiyati faollarining xabar berishicha, korrupsiya mojarolari tashkilot tashkil etilganidan beri to’xtamaydi. Jismoniy imkoniyatlari cheklangan shaxslarni qo’llab-quvvatlash va himoya qilish uchun mo’ljallangan tashkilotlar, suiiste’mol qilish va korrupsiya maydoniga aylanib qolgan. Masalan, “Ijtimoiy o’zaro yordam Mehribonlik nogironlar jamiyati” Yakkasaroy bo’limi raisi Zulfiya Yoqubova 1998 yildan buyon doimiy ravishda ushbu lavozimni egallab kelmoqda va ana shunday rahbarlardan biri hisoblanadi.

Tatyana Davlatova 2-chi guruh nogironi bo’lib, “Mehribonlik jamiyati”ning Yakkasaroy bo’limi a’zoligiga qo’shilishni xohlagan holda, 2025 yil 17 iyun kuni tashkilot ofisiga tegishli ariza bilan murojaat qildi. Biroq, insonparvarlik yordamni o’g’irlashda ishtirok etgan, bo’lim raisi, Zulfiya Yoqubova Davlatovaning jamiyat a’zoligiga qabul qilishdan bosh tortgan va rad javobini quyidagi so’zlar bilan asoslagan: “menga bunday nogironlar kerak emas!”.

Tatyana Davlatova Zulfiya Yoqubovaga etti yil oldin, u jamiyatga, to’shakga miqlanib turolmay qolgan akasi, 1-chi guruh nogironi Yuriy Nikolaevning hujjatlari bilan murojaat qilib, uni jamiyat a’zosi sifatida qabul qilishni va imkon qadar moddiy yordam ko’rsatishni so’raganini eslatdi.

Tatyana Davlatovaning fikricha, Zulfiya Yoqubovaning unga va uning oilasiga nisbatan salbiy munosabati Davlatovaning prinsipial pozitsiyasi va uning rus millatga mansubligi bilan bog’liqdir.

O’zbekiston NNTda tizimli korrupsiya

Shubhasiz, insonparvarlik yordamni o’zlashtirish, qanchalik beadab bo’lmasin, chuqurroq va xavfli bo’lgan muammoning yuzaki ko’rinishidir. Yillar davomida, nogironlarning milliy nodavlat tashkilotlarini tizimli korruptsiya qamrab olgan. Ezgu maqsadlarni niqob qilib, faqatgina shaxsiy boylik orttirishni ko’zlagan tashkilot rahbarlari va yuqori martabali hukumat amaldorlari tomonidan, O’zbekiston nogironlar jamiyatida qurilgan korruptsiya tizimini, misol tariqasida keltirish mumkin.

Subsidiyalar, grantlar, ijtimoiy va davlat buyurtmalari shaklida davlatning mustahkam moliyaviy qo’llab-quvvatlashiga erishish uchun, O’zbekiston nogironlar jamiyati raisi va huquqshunosi Komil Abdullayev va Oybek Isakovlar, hukumatdagi korrupsiya aloqalari yordamida davlat miqyosidagi firibgarlik sxemasini yaratdilar.

2021-yil 10-iyun kuni bo’lib o’tgan O’zbekiston nogironlar jamiyatining markaziy rayosat yig’ilish qatnashchilari, mamlakatda yashayotgan barcha nogironligi bo’lgan shaxslarni, ariza, kirish va oylik badallar to’lamasdan, to’g’ridan-to’g’ri jamiyatning hududiy bo’lim va bo’linmalariga a’zo deb hisoblanishi to’g’risida qaror qabul qildi. Majlis bayonnomasiga ko’ra, 2021 yil iyun oyiga kelib, O’zbekistonda nogironligi bo’lgan 800 mingdan ortiq odam ro’yxatga olingan. Firibgarlarning xohishi bilan, bir zumda 795 ming mamlakat fuqarolari, o’zlari bilmagan holda, O’zbekiston nogironlar jamiyati a’zoligiga kiritildi.

O’zbekiston nogironlar jamiyatining markaziy rayosat yig’ilish qarori bilan birga, o’z tavsiyalari va O’zbekiston nogironlarning katta qismini kafolatlangan ish bilan ta’minlash to’g’risidagi texnik-iqtisodiy asoslarni ilova qilib, ushbu hujjat prezident Shavkat Mirziyaev nomiga yuborildi. Ushbu firibgarlik sxemaning muallifi Oybek Isakov, hujjatlar to’plamining nusxasini o’zining tanishi, O’zbekiston Vazirlar Mahkamasining sobiq xodimi Mirmuxsin Akbarovga topshirdi. Mirmuxsin Akbarov, 2010 yilgacha O’zbekiston Senatining amaldagi raisi Tanzila Narbayeva bilan birgalikda ishlab kelib, Mirziyaev hukumatida muhim lavozimni egallab turgan.

Shu o’rinda ushbu shaxslarning hayotidan dalillarni keltirish o’rinlidir. Shavkat Mirziyaev Bosh vazirligi davrida, pora evaziga o’rta maxsus va oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirmoqchi bo’lgan shaxslar uchun korrupsiya sxemasi shakllantirilgan edi. Har bir yangi o’quv yili boshlanishi bilan, ta’lim muassasalari rahbarlari kirish imtihonlarida kerakli miqdordagi ball to’plamagan, ammo muassasaga qabul qilish uchun zarur pora to’lashga tayyor bo’lgan abituriyentlarning “korrupsiya ro’yxat”larini tuzar edilar. Ushbu ro’yxatlar qog’oz shaklida O’zbekiston Vazirlar Mahkamasiga yuborilib, u yerda Mirmuxsin Akbarov ularni tahlil qilib, yakuniy xulosalarini chiqarar edi. Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy muhofaza, ta’lim va sog’liqni saqlash masalalari bo’yicha axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi Tanzila Narbayeva bilan kelishilganidan so’ng, bosh vazir Shavkat Mirziyaev “korrupsiya ro’yxat” bo’yicha tegishli farmoyishlar chiqarib kelgan. Ma’lumotlarga ko’ra, Mirmuxsin Akbarov orqali pora shaklida o’tgan pul oqimlari, yiliga 150 million AQSh dollarni tashkil etgan.

Sodir etilgan jinoyatlarga qonuniylik berish maqsadida, Mirmuxsin Akbarov va Tanzila Narbayeva nogironlarning milliy nodavlat tashkilotlaridan foydalanib kelnganlar. Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, go’yoki hisobotga kiritish uchun, nogironligi bo’lgan milliy nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlaridan O’zbekiston ta’lim muassasalariga kirishda imtihondan yiqilgan nogironligi bo’lgan abituriyentlarni ro’yxatini taqdim etishni talab qilishgan. Mirziyaev jamoasi, nogironligi bo’lgan abituriyentlarning atigi 1 foizini “korrupsiya ro’yxatiga” qo’shib, ushbu ro’yxat faqat jismoniy imkoniyati cheklangan yoshlardan iborat ekanligini va shu bilan, uning hukumati nogironligi bo’lgan shaxslarga soxta g’amxo’rligini ko’rsatib kelgan.

2010 yilga kelib Tanzila Narbayeva, Mirmuxsin Akbarov va Oybek Isakovlar iqtisodiy jinoyatlar bilan bog’liq jinoyat ishlarda ishtirok etganliklari uchun, egallab turgan lavozimlaridan chetlatilgan edilar.

Sakkiz marta jinoiy javobgarlikka tortilgan O’zbekiston nogironlar jamiyatining sobiq raisi Oybek Isakov, iqtisodiy jinoyatlarni sodir etishda retsidivist bo’lib, uning ismi uzoq vaqtdan beri firibgarlik va moliyaviy nopoklik so’zining sinonimiga aylangan. Isakovning eng shov-shuvli jinoyatlaridan biri, 2015-2016 yillarda “Ahmadboy Chinazskiy” nomi bilan mashhur bo’lgan Ahmad Tursunboyevning moliyaviy piramidasida ishtirok etishi bo’lgan. Jinoyatchilar tuzgan moliyaviy piramida orqali, O’zbekistonning yengil daromad topish istovchilari, taxminan $220 million miqdoridagi mablag’larini yo’qotganlar.

Bugingi kunda retsidivist Oybek Isakov O’zbekiston nogironlar assotsiatsiyasini boshqarib kelmoqda. Hokimiyatning yuqori pog’onalarida korrupsiya aloqalarini saqlab qolgan Mirmuxsin Akbarov esa, ushbu assotsiatsiyasini kasaba uyushmasi raisi lavozimida ishlab, undan, shaxsiy boylikni oshirish uchun foydalanib kelmoqda.

O’zbekiston nogironlar jamiyati markaziy rayosat yig’ilishining noqonuniy qarorini asos qilib olib, Senat raisi Tanzila Narbayevaning bevosita ko’magida, O’zbekiston prezidentining 2022-yil 29-aprel kundagi qaroriga muvofiq, boshqa narsalar qatori, O’zbekiston nogironlar jamiyati va O’zbekiston nogironlar assotsiatsiyasining tarkibiy tuzilmalarini davlat subsidiyalari bilan ta’minlash belgilandi.

Ikki oydan so’ng, O’zbekiston Prezidentining PQ-230-sonli qaroriga muvofiq, Nodavlat notijorat tashkilotlarni qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag’larini boshqarish bo’yicha parlament komissiyasi qaror chiqardi. Unda nogironlar nodavlat notijorat tashkilotlarini davlat subsidiyalari bilan ta’minlash mezonlari aniq va tiniq belgilab qo’yilgan. Xususan, davlat tomonidan O’zbekiston nogironlar jamiyatining tarkibiy tuzilmalaridagi 3-ta shtat birligi harajatlarini qoplanishi uchun, tashkilotga eng kami 15 ming nogironligi bo’lgan shaxslar a’zo bo’lishi zarur. Agar jamiyatining tarkibiy tuzilmalarida nogironligi bo’lgan 20 ming shaxs a’zolikda bo’lsa, davlat 4-ta shtat birligini qoplab beradi va hokazo, toki 6-ta shtat birligi qoplab beriladi, agar tashkilotning safida 25 mingdan ortiq hujjatlashtirilgan a’zolar mavjud bo’lsa.

O’zbekiston nogironlar jamiyatining amaldagi Nizomining 4.1 va 4.4-moddalarida, ularning a’zosi deb hisoblash uchun, talabgor viloyat, shahar yoki tuman tashkiloti raisi nomiga a’zolikka kirish to’g’risida ariza yozishi shart. Shundan so’ng, bo’linma rahbari uni a’zolikka qabul qilish to’g’risida buyruq chiqarishi kerak, jamiyatning yangi a’zosi esa kirish badalini to’lab, har oy davlat tomonidan belgilangan eng kam ish haqining 1% miqdorida a’zolik badallarini to’lab kelishi majbur. Ushbu maqola chop etilgan kuni, bu miqdor $0,92 tashkil etgan. O’zbekiston nogironlar jamiyatining mas’ul xodimlarining ma’lumotlariga ko’ra, hozirgi kunda ham jamiyatning nogironligi bo’lgan a’zolarini haqiqiy soni besh ming kishidan oshmaydi.

Davlat miqyosidagi firibgarlik sxemasini tuzib, 2023-yil 1-yanvardan boshlab O’zbekiston nogironlar jamiyati va O’zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi har yili davlatdan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalar shaklida 100 milliard so’mgacha mablag’larni olib kelmoqda. Biroq, bu mablag’lar, Mirmuxsin Akbarov tomonidan boshqariladigan nogironlar assotsiatsiyasi tarkibidagi sho’ba (unitar) korxonalarga barcha turdagi ob’ektlarni qurish uchun davlat buyurtmalari sifatida, tendersiz, ajratiladigan mablag’lar bilan taqqoslab bo’lmaydi.

Fuqarolik faollari, nogironlar nodavlat tashkilotlarining rahbarlari o’zlarini noqonuniy xatti-harakatlarni amalga oshirishda, hattoki razil usullardan foydalanib kelayotganlari haqida, g’azab bilan ta’kidlashmoqda. Ushbu razillik nafaqat sodir etilayotgan keng ko’lamli korrupsiyaga oid jinoyatlarda, balki axloqiy me’yorlarni ochiqchasiga pisand qilmaslikda ham namoyon bo’ladi. O’z jinoyatlari uchun javobgarlikdan qochish maqsadida, bunday nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari sheriklari bilan birgalikda, jismoniy imkoniyati cheklangan va kam daromadli shaxslarni sho’ba yoki unitar korxonalari direktori etib tayinlashadi. Bunday odamga kichik va doyimiy ish haqi va’da qilinadi, ammo rasmiy ravishda rahbarlik qilayotgan korxona faoliyatining asl mohiyati haqida, unga tushintirilmaydi. Firibgarlik sxemalari oshkor qilingan taqdirda, asosiy jinoyatchilar javobgarlikdan qutilib qolishadi, nogiron direktor esa mahkamaga tortiladi.

Aynan shunday holat, O’zbekistonning boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarida ham kuzatilmoqda.

Ajabo, lekin O’zbekistondagi muayyan toifadagi odamlarning huquqlarini himoya qilish va manfaatlarni ilgari surish uchun mo’ljallangan tashkilotlarni, korrupsiyaning birinchi saflarida ko’rishimiz mumkin. O’zbekiston hukumati, har yili, nodavlat notijorat tashkilotlarni qollash uchun $100 million miqdorda mablag’ sarflaydi. Ular esa o’z navbatida, mamlakat ichida ham, tashqarida ham Mirziyaev rejimining imidjini “yuvish” bilan shug’ullanishadi.

Xulosa qilib aytmoqchimizki, Mirziyaevning “yangi O’zbekistonida” mustaqil nodavlat notijorat tashkilotlar yo’q, faqatgina GONGOlar mavjud. GONGO yoki “government-organized” bu inglizcha so’z bo’lib, hukumat tashabbusi bilan tashkil etilgan hamda davlat manfaatlari uchun ishlaydigan nodavlat jamoat birlashmalar va tashkilotlar degan ma’noni anglatadi.

Mirziyaev rejimi GONGOdan, xalqaro maydonda o’z imidjini oshirish uchun foydalanadi, mamlakatda fuqarolik faolligi va jamoatchilik nazorati borligi haqidagi yolg’on tasavvurlarni yaratadi. Ushbu tashkilotlarning faoliyati O’zbekiston hukumati siyosatini targ’ib qilish, dunyoda mamlakatning ijobiy qiyofasini yaratish va siyosiy raqiblarning tanqidini bostirishga qaratilgan. Mirziyaev rejimi, aksariyat avtoritar davlatlar singari, GONGOni xalqaro tadbirlar va konferentsiyalarda ishtirok etishga jalb qiladi, bu erda ular hokimiyat pozitsiyasini keng jamoatchilik fikri sifatida taqdim etadilar va natijada O’zbekistondagi haqiqiy vaziyat to’g’risida xato tasavvur hosil qiladilar.