O’zbekiston Senati: hokimiyat imitasiyasi va kuch namoyishi

18.01.2026 admin

O’zbekiston Senatida bo’lib o’tgan fuqarolarning navbatdagi qabuli, mamlakat byurokratik tizimining o’zboshimchalik va xalqqa ochiqchasiga nafrat bilan qarash qonunlari asosida ishlaydigan repressiv, chirigan mexanizm ekanligini yana bir bor tasdiqladi.

12-yanvar kuni soat 10:00 da senator Baxrom Abdullaev O’zbekiston Respublikasi Senati binosida fuqarolarni qabul qilishi kerak edi. Faqat senatorga ma’lum bo’lgan sabablarga ko’ra, qabul bir yarim soat kechikib boshlandi. Bu vaqt davomida, o’zlarini muammolari va eshitilish umidida kelgan odamlar sabr bilan kutib turishdi.

Senator Baxrom Abdullaev ham, qabulxona xodimlari ham fuqarolarni bir yarim soat kutishga majbur qilganliklari uchun, ularga tushuntirish berish yoki uzr so’rashni zarur deb hisoblashmadi.

Odamlarni fakt oldiga qo’yib: hokimiyat vakillari hohlaganicha kutasiz, chunki vaqtingiz, rejalaringiz va hayotingiz ularni rejalari uchun sarflanadigan resurs.

Ayniqsa, senat raisi Tanzila Narbaevaning yo’qligi va qabul qilmaganligi, odamlarni noroziligiga sabab bo’ldi. Joriy yilning 6-yanvar Oliy Majlis Senati qabulxonasiga kelgan fuqarolar, uning ofisiga 12-yanvar kuni u bilan uchrashish istagi haqida yozma ravishda xabar berishgan edi. Ammo, namoyishkorona o’z vazifalariga beparvolik qilib, belgilangan kuni Narbaeva chet eldagi ta’tilidan qaytib kelmaganligi aniqlandi.

Nihoyat, qabul boshlanganida, senat xodimlari Milliy gvardiya xodimlarini chaqirishdi. Senat qabuliga qonuniy talablar bilan kelganlar, go’yo ular O’zbekistonning tinch fuqarolar emas, balki qandaydir terrorchilar kabi, o’nga yaqin qurolli xavfsizlik kuchlari qurshovida qolishdi. Bu dabdabali kuch namoyishi, rasmiylarning o’z xalqidan vahimaga tushganini va sog’lom fikrni inkor etishligini fosh qildi: davlat tuzilmalari masxarabozlikga aylandi, O’zbekiston xalqiga xizmat qilishi kerak bo’lgan rasmiylar, ulardan qo’rqib kelmoqda.

Tashrif buyuruvchilar, senatorlarning ko’zlarida qo’rquv yaqqol ko’rinib turganini ta’kidladilar – so’roq qilinishdan qo’rqish, javobgarlikka tortilishdan qo’rqish, qarorlari va harakatsizliklarining oqibatlariga duch kelishdan qo’rqish. Bu qo’rquv jazosizlik va fuqarolarning ehtiyojlariga to’liq e’tibor bermaslikka asoslangan byurokratik tizimning mohiyatini ochib berdi.

Nihoyat, qoʻgʻirchoq Senat va uning qoʻgʻirchoq raisining toʻliq qobiliyatsizligiga ishonch hosil qilgan fuqarolar, prezidentning qizi Saida Mirziyoyevaga o’zlarining yozma murojaatlarini yuborishdi. Ularni bu murojaati, mamlakatda davlat institutlari amalda ishlamayotganini va barcha qaror qabul qilish dastaklari endi oilaviy klan qo’lida toʻplanganini, bu yerda hech bo’lmaganda nazariy jihatdan ularning muammolari hal qilinishi mumkinligini anglatadi.

O’zbekiston parlamentining qonunchilik faoliyati deb ataladigan tushuncha, allaqachon o’z ma’nosini yo’qotib, davlat rahbariyatining qo’g’irchoq teatriga aylangan. Hattoki mamlakat uchun muhim bo’lgan qonunlarni muhokama va qabul qilish jarayonlari, ochiqchasiga ko’zbo’yamachilik bo’lib, atiga bir necha daqiqa bolgan vaqt ichida qabul qilinmoqda. Masalan, davlat va millionlab vatandoshlarimizning iqtisodiy taqdirini belgilovchi O’zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to’g’risidagi Qonunni har yili bir necha daqiqa davom etgan muhokamalardan so’ng qabul qilinadi. Bu qonun ijodkorligi emas — bu, shunchaki, yuqoridan belgilangan qarorlarni rasmiylashtirish.

Davlat qarzining tez va halokatli tarzda ko’payishi sharoitida, bunday amaliyotlar to’liq qobiliyatsizlik va O’zbekiston davlat suverenitetini qasddan zaiflashtirishning belgisidir.

Aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli yomonlashib borayotgan bir paytda, deputatlar va senatorlar o’z xarajatlarini muntazam ravishda oshirib bormoqdalar. Fuqarolarga “kamarlaringizni mahkamroq bog’langlar” deyilayotgan bir paytda, hukumat amaldorlari o’zlari uchun qulayliklar, imtiyozlar va moliyaviy xavfsizlikni ta’minlamoqdalar. Bu, O’zbekiston parlamenti xalq vakilligi organi bo’lishdan to’xtaganini va faqatgina Mirziyoyev rejimi uchun xizmat ko’rsatuvchi tuzilmaga aylanganining aniq dalilidir.

O’zbekistonning bugungi parlamenti qonun chiqaruvchi hokimiyat instituti emas, balki siyosiy jihatdan qaram, professional jihatdan qobiliyatsiz va korruptsiyaga botgan shaxslarning yopiq hamjamiyatidir.

Bu yerda, oliy hokimiyat vakilining axloqiy tanazzuli va pastkashlik darajasini qo’rsatish uchun, davlatning ikkinchi amaldori bo’lgan — O’zbekiston Senati raisi Tanzila Narbayevaning oilaviy hayotidan bir epizodni keltirish o’rinli bo’ladi.

2022-yilning kuzida, O’zbekiston Senati raisi Tanzila Narbaevaga davlat tomonidan qattiq qo’riqlanadigan Do’rmon majmuasidan ajratilgan, ammo uning qizi Nilufarxon Kamalova yashab kelayotgan uydan 12 500 AQSH dollari o’g’irlanganligi aniq bo’ldi. Tanzila Narbaeva va uning qizi, pulni oʻgʻirlashda uy bekasi Dilnoza Toshmatovani ayblashdi.

Dilnozaga nisbatan qiynoqqa solish va jinsiy tajovuz tahdidi orqali, Toshkent tergov organlari gumondordan iqrornoma olishga muvaffaq bo’lishdi.

Biroq, O’zbekiston Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan olib borilgan parallel tekshiruv natijasida, Senat raisi Tanzila Narbaevaning uyidan, pullar, uning o’z nabirasi, bir necha yillardan beri patologik qimor o’yinlariga qaramlikdan aziyat chekayotgan yigit tomonidan o’g’irlangani aniqlandi.

Keyinchalik, senat raisining qizi Nilufarxon Kamalova yangi ariza yozib, unda, o’g’irlangan 12 500 AQSh dollar “o’z-o’zidan topilib qolganligi” va avvalgi da’volardan voz kechgani ko’rsatilgan.

Nilufarxon Kamalova to’rtinchi marta turmushga chiqib, Shimoliy Kavkazdan bo’lgan Rossiya fuqarosining ikkinchi xotini hisoblanadi.

Bunday holat nafaqat axloqiy tanazzulning, balki oila va axloqiy tamoyillarning to’liq qulashi, jazosiz qolish hamda prezident atrofidagilarning qabihliklarining yorqin ramzidir.

Mintaqaviy va global muammolarga duch kelayotgan davlat, yuqoridagilarni topshirig’i bilan boshqariladigan, qo’g’irchoq parlamentga ega bo’la olmaydi. To’liq siyosiy mas’uliyat va bu organni tizimli ravishda almashtirilishi, milliy xavfsizlik masalasiga aylanishi zarur.

Tarix ishonchli tarzda shuni ko’rsatmoqdaki: avtoritar rejimlarning barcha hukmdorlari o’zlarining ayyorligi, zaifsizligi va go’yoki “abadiyligi” haqidagi illyuziya bilan yashab kelgan. Ular vaziyatni to’liq nazorat ostiga olganliklariga, xalq butunlay qo’rqitilganligiga va cheksiz sukutga mahkum ekanligiga chin dildan ishonishgan edi. Ammo haqiqat, bu yolg’on illyuziyalarni qayta-qayta barbod qildi. Bunday rejimlarning oxiri, har doim muqarrar bo’lib chiqadi, ularning hukmronliklarining yakuni esa — halokatli, sharmandali va fojiali bo’ladi.

Bugun Mirziyoyev rejimi o’zini-o’zi aldab, o’sha xavfli yolg’on illyuziyalarda yashab, barcha narsalarini, jumladan, o’z hayotini yo’qotganlarning xatolarini takrorlamoqda. Agar rasmiylar voqelikni e’tiborsiz qoldirib, sog’lom fikrlarni mensimasdan va faqat o’z manfaatlariga xizmat qilishni davom etsa, ular muqarrar ravishda tarixiy hukmga duch kelishadi. Qulashdan — na talon-taroj yo’li bilan to’plangan boyliklar, na shaxsiy qo’riqchilar, na vaziyatni nazorat qilish illyuziyasi — Mirziyoyev rejimini qutqara olmaydi.