“Glamour Gold” ishi: nega sudlanuvchilar orasida davlat organlarining vakillari yo‘q?

23.05.2026 admin

2026-yil 21-may kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Glamour Gold” qurilish piramidasi tashkilotchilari ustidan sud jarayoni boshlandi. Majlis ikki soatlik kechikish bilan boshlandi, bu esa tizimning bo‘layotgan voqealarga nisbatan umumiy munosabatini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. Ushbu jinoiy tarmoq olti yil davomida yuqori lavozimli amaldorlar va kuchishlatar tizimlar vakillarining bevosita himoyasi ostida O‘zbekiston xalqini jazosiz talab kelgan.

Vaziyatning nechog‘lik dramatik ekanini sud boshlangan kunning o‘ziyoq ko‘rsatib berdi: sud binosi oldiga O‘zbekistonning turli hududlaridan kelgan 100 ga yaqin jabrdiyda yig‘ildi. Odamlar korrupsiyalashgan tizimning keskin qarshiligiga qaramay, o‘z huquqlarini shaxsan himoya qilishga va adolat talab qilishga tayyor.

Ayni paytda sudlanuvchilar o‘rindig‘ida uyushgan jinoiy guruhning 9 nafar a’zosi o‘tiribdi. Ammo sudlanuvchilar safida ushbu keng ko‘lamli firibgarlik subyektlariga yillar davomida jinoiy javobgarlikdan daxlsizlikni ta’minlagan mansabdor shaxslar yoki huquq-tartibot organlari xodimlari mavjud emas.

Birinchi sud majlisi rekord darajadagi qisqa vaqt ichida — bor-yo‘g‘i 24 daqiqa davom etdi xolos. Himoya tomoni advokatlarga ish hujjatlari bilan tanishib chiqish uchun vaqt yetmaganini ma’lum qildi. Sud ushbu iltimosnomani zudlik bilan qanoatlantirdi va eshitishni qoldirdi. Navbatdagi sud majlisi 26-may kuni soat 10:00 ga tayinlandi.

Fojianing ko‘lami nihoyatda katta bo‘lishiga qaramay, mahalliy ommaviy axborot vositalari ushbu jarayonni butunlay e’tiborsiz qoldirdi. Sud zalidagi yagona mustaqil kuzatuvchi huquq himoyachisi Tatyana Davlatova bo‘ldi.

Ushbu holat yana bir bor tizimli muammoni ochib tashladi: mamlakatda mustaqil matbuot va rivojlangan fuqarolik jamiyati deyarli mavjud emas.

Aynan shu sababli aldangan ulushdorlar o‘z dardlarini “Erkin O‘zbekiston” harakatining axborot resurslari orqali oshkor qilishga majbur bo‘lmoqda.

Biz esa o‘z navbatida, ushbu muammoni xalqaro darajaga olib chiqish uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz.

“Glamour Gold” qurilish piramidasi ishi faqatgina jabrlangan ayollardan iborat guruh: Tatyana Lazareva, Gulsin Mingazova, Lyudmila Kazakova va Anna Shcherbakovaning mislsiz faolligi tufayligina muzlagan joyidan jildi.

Aynan ular hukumatni ushbu fojia ko‘lamiga e’tibor qaratishga majbur qila olishdi.

“Erkin O‘zbekiston” harakati voqealar rivojini diqqat bilan kuzatishda davom etadi. Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston IIV Tergov departamenti uzoq vaqt davomida aybdorlarni jinoiy javobgarlikdan qutqarib qolishga urinib, tergovga har tomonlama to‘sqinlik qilib kelgan.

leave a comment