Toshkentdagi sud farsi: Rejim “Glamour Gold” qurilish piramidasini qanday qilib yashirmoqda va mustaqil ovozlarni boʻgʻmoqda?

26.05.2026 admin

Yunusobod tuman jinoyat ishlari boʻyicha sudi rasmiy jarayonni zoʻravonlik konveyeriga aylantirdi. Mahkama tomonidan nomiga “ochiq” deb eʼlon qilingan “Glamour Gold” yirik qurilish afyorasi boʻyicha oʻtkazilgan ikkinchi sud majlisi, amalda, kuch ishlatar tizimlarining oʻz xalqiga qarshi qaratilgan yopiq maxsus amaliyotiga aylandi.

Soat 10:00 da sud binosi oldida gʻazab qaynayotgan edi. Oʻnlab aldangan ulushdorlar oʻz pullarini qonuniy ravishda qaytarilishini talab qilib kelishdi. Biroq, norozilarning har qanday toʻplanishidan vahimaga tushadigan rejim bunga tuban provokatsiya bilan javob berdi.

Mutlaqo asossiz vajlar bilan sud zaliga bor-yoʻgʻi 10 kishi kiritildi. Oilalari uysiz va pulsiz qolgan jabrlanuvchilar esa eshik ortiga haydaldi.

Talon-toroj qilingan odamlar oʻz noroziliklarini bildira boshlashlari bilan, ularga qarshi zudlik bilan Milliy gvardiya boʻlinmalari tashlandi. Sud binosiga qurolli kuchlarning safbar etilishi — faqat qoʻrqitish, ruhiy bosim oʻtkazish va fuqarolarning irodasini bostirish uchun qilingan qabihlikdir. Rejim firibgarlarni adolatli sud qilish oʻrniga, aldangan xalqqa qarshi qoʻpol kuch ishlatdi va hokimiyat qonunni emas, oʻgʻrilarni himoya qilishini yaqqol koʻrsatib qoʻydi.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, “Glamour Gold” firibgarligidan 300 ga yaqin kishi jabr koʻrgan. Uch yuz oila bor-yoʻgʻidan ayrilib, koʻchada qoldi. Bunga faqat bir narsa sabab: qurilish firibgarlari yillar davomida korrupsiyalashgan tizim va sotqin amaldorlarning bevosita himoyasida boʻlgan.

Shu bilan bir qatorda, bugun ertalab ushbu jarayonni yanvar oyidan beri monitoring qilib borayotgan “Erkin Oʻzbekiston” muxolif harakatining veb-sayti (erkinuz.org) keng koʻlamli va oldindan rejalashtirilgan brutfors (brute-force) hujumiga uchradi. Rejim mustaqil resursni yoʻq qilish, haqiqatni jamiyatdan yashirish va oʻzining iflos sxemalarini fosh qilayotganlarning ovozini oʻchirish uchun ushbu IT-diversiyaga qoʻl urdi. Natijada sayt bir necha soat davomida ochilmay qoldi.

Korrupsionerlar va ularning pogonli yuqori martabali homiylari jinoyatlari fosh boʻlishidan daxshatga tushishadi. Chunki ular yaxshi biladi: haqiqat — bu rejim uchun oʻlim hukmidir.

Navbatdagi sud majlisi 2-iyun kuni soat 09:00 ga belgilangan. Bu shunchaki majlis emas, balki fuqarolik jamiyatining chirigan, korruptsiyalashgan tizimga qarshi ochiq qarama-qarshiligining navbatdagi raundi boʻladi.

“Erkin Oʻzbekiston” harakati oʻz surishtiruvlarini eʼlon qilishda davom etadi. Rejim bizning saytlarimizni buzib kirishga urinishi va ijtimoiy tarmoqlarimizni o’chirishga harakat qilishi mumkin — ammo u haqiqatni aslo bloklay olmaydi.

Biz rejimning har bir qadamini sinchkovlik bilan kuzatib bormoqdamiz va uning siyosatiga allaqachon oʻz taʼsirimizni oʻtkazib kelmoqdamiz!

leave a comment