“Erkin O’zbekiston” siyosiy muxolifat harakatining YXHT DIIHBning Insoniylik mezonlari bo‘yicha Varshava konferensiyasining oltinchi yalpi majlisidagi ma’ruzasi (Varshava, Polsha, 2026-yil 12-oktabr). Majlis mavzusi: “Demokratik institutlar”, jumladan: Milliy, mintaqaviy va mahalliy darajadagi demokratiya; Demokratik saylovlar.
Hasanboy Burhanov, “Erkin O‘zbekiston” harakati.
Mirziyoyev rejimi ayni damda O‘zbekistonda navbatdagi konstitutsiyaviy to‘ntarishni amalga oshirmoqda va mamlakatda adolatli saylovlar o‘tkazish imkoniyatini butunlay yo‘q qilmoqda.
2026-yil 14-avgustda mamlakatda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun kuchga kirdi. Atigi 10 kun ichida qabul qilingan ushbu hujjat O‘zbekistonda qo‘shhokimiyatchilik tizimini huquqiy jihatdan mustahkamladi.
Ushbu qonun saylanmaydigan organni — Prezident Administratsiyasini — hukumatdan YUQORI, parlamentdan YUQORI va sudlardan YUQORI turuvchi supertuzilmaga aylantirdi.
Bu nega bunday shoshilinch ravishda amalga oshirildi?
Birinchidan: rejim hokimiyatning sulolaviy tranzitiga hamda saylov institutini butunlay yo‘q qilishga rasman start berdi.
Ikkinchidan: prezident oilasi a’zolarining og‘ir jinoyatlarini yashirish uchun. Biz ochiqchasiga bayon qilamiz: Saida Mirziyoyeva va uning o’ynashi Komil Allamjonov siyosiy qotillik tashkilotchilaridir.
Joriy yilning yanvar oyida harakatimiz Komil Allamjonovga nisbatan uyushtirilgan “suiqasd” deb atalgan voqea ortidagi firibgarlik sxemasini fosh etuvchi mustaqil surishtiruvimizni e’lon qilgan edi. Biz bu sahnalashtirilgan “suiqasd” rejim ichidagi siyosiy raqiblarni yo‘q qilish orqali ularni safdan chiqarishga qaratilgan arzon va soxta spektakl ekanini isbotlagan edik.
Surishtiruvimiz e’lon qilinganidan bir oy o‘tib, 2026-yil 26-fevralga o‘tar kechasi, 13-sonli koloniyaning intizomiy izolyator kamerasida (ShIZO) Ismoil Jahongirov o‘ldirildi. U Allamjonov ishi bo‘yicha soxtalashtirilgan ayblovlar asosida 23 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi.
Biz G‘arb dunyosi vakillariga shuni eslatmoqchimizki, Saida Mirziyoyeva va Komil Allamjonov bilan qo‘l berib ko‘rishish orqali ular ham bu shaxslar sodir etgan jinoyatlarga sherik bo‘lib qoladilar.
Biz Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (EXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) hamda tashkilotga a’zo davlatlarni quyidagilarga chaqiramiz:
1. O‘zbekistondagi islohotlar taqlidiga ko‘z yumishni bas qilishga.
2. 2026-yil 14-avgustdagi qonunga, YXHTning Kopengagen majburiyatlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzuvchi hujjat sifatida, keskin huquqiy baho berishga.
3. Shavkat Mirziyoyev oilasi a’zolari tomonidan O‘zbekiston qamoqxonasida Ismoil Jahongirovning sudsiz qatl etilishi yuzasidan xalqaro tergov boshlashga.
Saida Mirziyoyeva — siyosiy qotillik tashkilotchisi

E’tiboringiz uchun tashakkur!
Ruknlar
So’nggi yangiliklar
“Erkin O’zbekiston” siyosiy muxolifat harakatining bayonoti
12.10.2026Saida Mirziyoyeva — siyosiy qotillik tashkilotchisi
12.10.2026Mirziyoyev rejimining ulkan siri
09.10.2026Olloyorov idorasi nogironlarni “dangasalar” va “boqimandalar” deb hisoblamoqda
08.10.2026Mirziyoyev rejimining transmilliy repressiyalari: o‘zbek muxolifatining xorijda ta’qib qilinishi
07.10.2026Arxivlar
Bir oylik yangiliklar