Ikkinchi yildirki, Shavkat Mirziyoyev rejimi “Erkin O‘zbekiston” harakati resurslariga hujum qilib, axborot maydonini tizimli ravishda tozalash ishlarini olib bormoqda. Transmilliy ta’qib qilish mexanizmlari yordamida hokimiyat o‘z jinoyatlarini fosh etuvchi har qanday kontentni yo‘q qilishga urinmoqda.
Joriy yilning 24 fevral kuni YouTube platformasi “Erkin O‘zbekiston” kanaliga go‘yoki maxfiylik tartibi buzilganligi haqida ikkita bildirishnoma yubordi. E’tirozlar 2025 yilning bahorida e’lon qilingan, O‘zbekiston maxsus xizmatlarining jinoyatlari va mudofaa budjetining talon-toroj qilinishi fosh etilgan videoroliklarga tegishli edi.
Asoslangan apellyatsiya natijasida roliklar saqlab qolindi, ammo ularni o‘chirishga bo‘lgan harakat ushbu voqeani qayta ko‘rib chiqish zaruratini yuzaga keltirdi.
Mudofaa sohasidagi milliardlab dollarlik talon-torojlar
Mudofaa xaridlarini to‘liq nazorat qilish maqsadida 2023 yil yanvar oyida “O‘ztextreyd” davlat unitar korxonasi tashkil etildi.
Tizimni markazlashtirish haqidagi rasmiy bayonotlar zamirida, aslida, moliyaviy resurslarni yagona qo‘lda jamlash maqsadi yotgan edi.
Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan ushbu korxonaga ilgari mudofaa sanoati tizimida rahbarlik lavozimlarida ishlagan Xotamjon Yusupov rahbar etib tayinlandi. Yillik xarid hajmi taxminan 5 milliard AQSH dollarni tashkil etuvchi kompaniya harbiy va ikki maqsadli mahsulotlarning eksklyuziv importchisi maqomiga ega bo‘ldi.
Xaridlar tizimining to‘liq yopib qo‘yilishi oqibatida sohaga mas’ul tuzilmalar, xususan, harbiy aksilrazvedkaning nazorat imkoniyatlari butunlay boy berildi. Endilikda mablag‘lar hech qanday tashqi taftishsiz, tor doiradagi shaxslar o‘rtasida taqsimlana boshladi.
Mazkur jarayonlar doirasida armiyani qurol-yarog‘ va texnika bilan ta’minlash bo‘yicha davlat komissiyasi tuzilib, unga Prezident Shavkat Mirziyoyev, Bosh vazir Abdulla Aripov va Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudov boshchilik qildi. Xaridlarga oid barcha yakuniy qarorlar aynan ular tomonidan qabul qilinar edi.
Shu bilan bir vaqtda, Mudofaa vaziri rahbarligida ishchi guruhi tashkil etildi va unga bevosita xorijdan harbiy hamda ikki maqsadli mahsulotlarni yetkazib berish zanjirini ta’minlash mas’uliyati yuklatildi.
Yangi tuzilgan tizim ustidan amaldagi nazorat Shavkat Mirziyoyev rejimining ajralmas qismi hisoblangan Abdulla Aripov, Botir Tursunov va Otabek Umarovga aloqador guruhlar qo‘lida jamlandi.
Ushbu kelishuvlar doirasida “O‘ztextreyd” korxonasi amalda budjet mablag‘larini “yuvish” markaziga aylandi. Uning direktori Xotamjon Yusupov davlat va yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi “ishonchli” vositachi sifatida o‘g‘irlangan mablag‘larni yashirishni ta’minlab, korrupsion sxemalarni mukammal ishlovchi mexanizmga aylantirdi.
Xususan, gap texnik xususiyatlari ataylab pasaytirilgan harbiy anjomlar va vositalarni bir necha barobar oshirilgan narxlarda sotib olish haqida ketmoqda. Embraer C-390 Millennium samolyotlarining shubhali qimmat narxda xarid qilingani bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Ushbu qaror O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Davlat xavfsizlik xizmati raisi Bahodir Qurbonov tomonidan ilgari surilgan va amalga oshirilgan.
Xuddi shunday sxema asosida 20 ta Xitoy qiruvchi samolyotini sotib olish bo‘yicha shartnoma imzolandi — bu oldindan manfaatsiz bo‘lgan bitim bo‘lib, u Aripov va Qurbonovga foyda keltirdi, biroq O‘zbekiston budjeti va milliy xavfsizligiga jiddiy zarba berdi.
Bosh vazir Abdulla Aripov tomonidan ilgari surilgan “terrorizmga qarshi kurash” loyihasi doirasida O‘zbekiston Konstitutsiyasiga zid ravishda Xitoy videokuzatuv qurilmalari xarid qilindi. Ushbu texnologiyalarning eng xatarli jihati shundaki, ishlab chiqaruvchi barcha kameralar va kuzatuv nuqtalarini masofaviy boshqarish huquqini o‘z qo‘lida saqlab qoladi. Bu esa mamlakatning strategik obyektlari ustidan nazorat amalda begonalar ixtiyoriga o‘tganini anglatadi.
Mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sifatsiz va narxi baland zirhli texnikalarni sotib olishda ham aynan shunday korrupsion sxemalardan foydalanilgan. Yetkazib berilgan mahsulotlarning texnik xususiyatlari shu qadar past bo‘lganki, ular nafaqat jangovar harakatlarda, balki tinch davrda foydalanish uchun ham yaroqsizdir. Bunda yetkazib berish qiymati haqiqiy narxdan bir necha barobar, ayrim hollarda esa besh barobargacha oshirilgan.
Mazkur samarasiz xaridlar jarayonini shaxsan Otabek Umarov — prezident Mirziyoyevning kenja kuyovi qo‘llab-quvvatlab kelgan va ilgari surgan.
DXX raisining birinchi o‘rinbosari Botir Tursunov va Xavfsizlik kengashi kotibi Viktor Maxmudovning o‘zaro manfaatlarga asoslangan ittifoqi oddiy korrupsiya chegarasini allaqachon bosib o‘tgan. Ularning birlashgan ta’sir doirasi O‘zbekiston suvereniteti uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri milliy xavfsizlik tahdidiga aylanmoqda.
Mazkur guruh “ochiqlik” siyosatidan niqob sifatida foydalanib, kuchishlatar tuzilmalar rahbarlarining rasmiy elektron pochtalarini, mahalliy serverlarni inkor etgan holda, Mail.ru kabi chet el platformalarida ro‘yxatdan o‘tkazgan. Buning natijasida Rossiya maxsus xizmatlari O‘zbekistonning strategik ma’lumotlari va maxfiy yozishmalari ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Bu sabotaj tasodif emas edi: yuqori lavozimli amaldorlarning xatti-harakatlari davlat tizimiga ongli ravishda putur yetkazgan. Ushbu kanallar orqali O‘zbekistonning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga qaratilgan maxfiy ma’lumotlar xorijdagi kuratorlarga muntazam ravishda sizib chiqishi ta’minlangan.
Bundan tashqari, Botir Tursunovning narkobiznesga rahnamolik qilishi natijasida huquq-tartibot organlari giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishini himoya qiluvchi vositaga aylanib qoldi. Oqibatda tizim xodimlari o‘rtasida giyohvandlikka ruju qo‘yish holatlari ortib bormoqda. Bu esa armiya va xavfsizlik tizimlarida intizomning yo‘qolishiga, boshqaruvning izdan chiqishiga hamda jangovar shaylikning pasayishiga olib kelmoqda.
Korrupsiya, strategik ma’lumotlarning sizib chiqishi va vatanparvar xodimlarning ta’qib qilinishi bilan bir qatorda, kuchishlatar tizimining yuqori lavozimli mulozimlarining xatti-harakatlari haqiqiy davlat inqirozini keltirib chiqarmoqda. Ba’zilar tasodifiy xato deb hisoblashi mumkin bo‘lgan bu harakatlar, aslida, maqsadli qo‘poruvchilik faoliyati va ochiqdan-ochiq josuslikdir.
Jinoyatning fosh etilishi va uning oqibatlari: haqiqat uchun jazo
O‘zbekiston mudofaasi uchun ajratilgan budjet mablag‘larining keng ko‘lamda talon-toroj qilingani — O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Harbiy aksilrazvedka boshqarmasi podpolkovnigi Valijon Rahmonovning jasorati tufayli oshkor bo‘ldi. U batafsil tekshiruv o‘tkazib, korrupsiya zanjirini hujjatlashtirgan va barcha dalillarni rahbariyatga taqdim etgan edi.
Biroq, davlat mablag‘larini talon-toroj qilganlarga nisbatan tergov boshlash o‘rniga, Davlat xavfsizlik xizmatini korrupsiya o‘chog‘iga aylantirgan Ichki xavfsizlik boshqarmasi mulozimlari Rahmonovning o‘ziga qarshi qatag‘on boshladi. AQSH va BMT foydasiga josuslik qilishda ayblab, podpolkovnik Rahmonovga nisbatan “davlatga xoinlik qilish” moddasi bilan soxta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
2024 yilning fevral oyida u qo‘lga olindi. 2025 yilning yanvarida esa O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi Rahmonovni 16 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Oradan uch oy o‘tib, apellyatsiya instansiyasi hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Shu tariqa, tizimdagi korrupsiyaga qarshi kurashgan shaxs “Vatan xoini”ga aylantirildi.
Uni himoyadan butunlay mahrum qilish maqsadida, DXX xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasining o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, podpolkovnik Timur Muhitdinov orqali Rahmonovning advokatlari — Allan Pashkovskiy va Vladimir Nikitinning litsenziyalari bekor qilinishiga erishdilar. Himoya chizig‘i vayron qilinib, mustaqil huquqshunoslar jarayondan chetlashtirildi.
Advokat Pashkovskiyning bir necha oy davom etgan ta’qib qilinishi faqat kasbiy taqiq bilan cheklanib qolmadi: jazo organlarining tizimli bosimi oilaviy fojiaga aylandi. Ko‘p yillar mamlakatga xizmat qilgan o‘g‘liga nisbatan davlatning adolatsiz munosabati advokat otasining sog‘lig‘iga jiddiy putur yetkazdi.
2025 yil 8 iyul kuni u 64 yoshida to‘satdan vafot etdi. Ushbu o‘limni amaldagi tizim tomonidan yuritilayotgan repressiv siyosatning bevosita oqibati sifatida baholash lozim.
O‘z jinoyatlarini yashirishga uringan DXX Ichki xavfsizlik boshqarmasi xodimlari Rahmonovga qarshi go‘yoki “davlat sirini oshkor qilish” vaji bilan yangi ish to‘qib chiqarish uchun yana o‘sha — “kattalarga yo‘q demaydigan”, tergovchi Muhitdinovni ishga soldilar. 2025 yilning iyul oyida O‘zbekiston Harbiy sudi soxta materiallarga tayangan holda, Rahmonovga nisbatan avvalgi 16 yillik jazoga qo‘shimcha ravishda yana uch yillik qamoq hukmini chiqardi.
Turmush o‘rtog‘iga nisbatan qilinayotgan nohaqliklarga befarq bo‘lmagan Roksana Rahmonova tizimga qarshi faol kurash boshladi. U media makonda keng qamrovli kampaniya uyushtirib, videomurojaatlar orqali axborot qamalini yorib o‘tishga va haqiqatni jamoatchilikka yetkazishga harakat qildi.
Jinoiy guruh a’zolarini javobgarlikka tortish o‘rniga, tizimdagi korrupsiyalashgan kuchlar Roksanaga qarshi agressiv hujum boshladilar. Unga nisbatan keng ko‘lamli obro‘sizlantirish kampaniyasi ishga tushirildi: maxsus xizmatlar nazoratidagi “trollar fabrikasi” ijtimoiy tarmoqlarda ommaviy ta’qib boshlab, Roksanani jismoniy yo‘q qilish va qamoq bilan qo‘rqitishga kirishdi.
2025 yilning dekabr oyida, podpolkovnik Rahmonov asosiy guvoh bo‘lgan ish doirasida “O‘ztextreyd” korxonasi direktori Xotamjon Yusupovga nisbatan jinoiy ish qayta tiklandi. Shu bilan bir vaqtda, O‘zbekiston DXX Rahmonovga nisbatan fuqarolik da’vosini ilgari surdi. Soxta hujjatlarga tayangan holda, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumanlararo sudi yopiq tartibda va Rahmonovning ishtirokisiz, podpolkovnikdan DXX foydasiga 22 mln so‘m “zarar” undirish haqida qaror chiqardi.
Mazkur jarayon — Rahmonov va uning rafiqasini ma’nan sindirish, himoya vositalaridan mahrum qilish hamda tugamas sudbozliklar orqali holdan toydirishga qaratilgan va oldindan sahnalashtirilgan “spektakl” ekani kunday ravshan.
Bunga parallel ravishda, podpolkovnik Rahmonov ishiga axborot ko‘magini bergan “Erkin O‘zbekiston” siyosiy harakati misli ko‘rilmagan senzuraga duch keldi. Tashkilotning YouTube-kanali ikki marta bloklandi, harakatning Facebook va Instagram‘dagi sahifalari, jumladan, janob Burxonovning shaxsiy profili o‘chirib tashlandi. Bunday harakatlar Mirziyoyev rejimining “Erkin O‘zbekiston”ning mustaqil ovozini butunlay bo‘g‘ish va o‘z jinoyatlari izini yashirishga bo‘lgan intilishidan dalolat beradi. Ta’qibdan qo‘rquv hukm surgan sharoitda, bironta ham mahalliy axborot nashri podpolkovnik Rahmonov ishini to‘liq yoritishga jur’at eta olmadi.
DXX, poralar va ularning “qalbi nozik” yugirdaklari
Maxsus xizmatlar davlat mulozimlarini shantaj qilishda ularning jinsiy oriyentatsiyasiga oid ma’lumotlardan vosita sifatida foydalanmoqda. Shaxsiy sirlarini oshkor qilish tahdidi ostida davlat apparati amalda garovga olingan. Natijada tizim xodimlari milliy manfaatlarga emas, balki maxsus xizmatlarning tor doiradagi manfaatlariga xizmat qilishga majburlanmoqda.
O‘z xo‘jayinlariga qilgan sadoqatli xizmatlari evaziga DXX o‘zining “qalbi nozik” va noodatiy ishqiy sarguzashtlarga moyil “erkatoylari”ning kichik sho‘xliklariga mehr bilan ko‘z yumib kelmoqda — zero, bunday “nozik” sirlar hali ochiq gapirish odat bo‘lmagan doiralarda eng mahkam jilov hisoblanadi. Mirziyoyev rejimining butun hokimiyat vertikali kabi, O‘zbekiston Harbiy prokuraturasi va Harbiy sudi ham korrupsion sxemalar botqog‘iga botgan. Masalan, Harbiy sud raisi Sadriddin Bavabekovich Eshankulovning ishonchli vakili bo‘lgan “poralar bo‘yicha boshlig‘i” bor bo‘lib, u rasman O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi maxfiy devonxonasi rahbari lavozimini egallab kelmoqda.
O‘zbekiston Advokatlar palatasidan bo‘lgan “adolat vositachilari” noqulay vaziyatga tushib qolgan o‘ziga to‘q mijozlarining ishlarini hal qilish uchun Harbiy sudning “poralar bo‘yicha boshlig‘i” bilan “Akmal Oltin Baliq” kafesida uchrashib turadilar.
Ushbu foto va videomateriallarda maxfiy devonxona rahbarining advokatlar bilan ana shunday uchrashuvlaridan biri ko‘rsatilgan.
Poraxo‘rlarning sevimli maskaniga aylangan ushbu yemakxonaning ichki va tashqarisidagi kuzatuv kameralari yozuvlari, har qanday odamni lol qoldiradi: ularda nafaqat muntazam uchrashuvlar, balki ichi “vazmin” konvertlarning qo‘ldan-qo‘lga o‘tish jarayoni ham barcha detallari bilan muhrlangan.
Harbiy sudning “poralar bo‘yicha boshlig‘i” anchadan beri Advokatlar palatasidagi “doimiy mijozlardan” keladigan va sudning “qalbi nozik” raisi Sadriddin Eshankulov uchun mo‘ljallangan pul oqimini jamlashda, xuddi O‘zbekistonning eng taniqli “missioneri” kabi, o‘z “missiyasini” yuksak sadoqat bilan ado etib kelmoqda. Ushbu ikki “missioner” o‘rtasidagi tafovut shundaki, biri mamlakatni qarz girdobiga uloqtirib, prezident oilasining boyligini geometrik progressiyada oshirayotgan bo‘lsa, ikkinchisi Harbiy sud raisining hamyoniga naqd pul ko‘rinishida “investitsiya” kiritishdek mashaqqatli vazifaga astoydil bel bog‘lagan.
Saida Mirziyoyeva DXX ga qarshi
Erkin O‘zbekiston siyosiy muxolifat harakatining O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oilasi va unga yaqin bo‘lgan shaxslar ishtirokidagi korrupsion sxemalarni fosh etuvchi surishtiruvlari, huquq-tartibot idoralarini “O‘ztextreyd” korxonasidagi talon-torojlik ishi bo‘yicha choralar ko‘rishga undadi.
2026 yilning yanvar oyida O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti korxona direktori Xotamjon Yusupovni hibsga olib, ish bo‘yicha tergovni qayta tikladi. Biroq yuqori lavozimli shaxslarning bevosita aralashuvi sababli tergov tez orada boshi berk ko‘chaga kirib qoldi.
Oradan atiga bir oy o‘tgach, mazkur ish shoshilinch ravishda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentidan olib qo‘yildi. DXX raisining birinchi o‘rinbosari Botir Tursunovning O‘zbekiston Bosh prokurori Nig‘matulla Yo‘ldoshevga o‘tkazgan qattiq bosimi ostida, ish materiallari ularning norasmiy nazoratida bo‘lgan Harbiy prokuraturaga o‘tkazildi. Bu esa, aslida, hukmron doiralarning jinoyat izlarini yashirish va ushbu ishni uchinchi bor bosti-bosti qilishga urinishidan dalolat beradi.
Natijada, jinoyat ishi — ma’lum doiralarning “suyukli” mijozi bo‘lgan va har qanday axloqiy to‘siqlardan o‘zini ustun qo‘ygan, Harbiy prokuraturaning o‘ta muhim ishlar bo‘yicha tergovchisi, podpolkovnik Timur Muhitdinovning qo‘liga borib tushdi.
Maxsus xizmatlar ixtiyorida, tergovchi Muhitdinovning shaxsiy hayotiga doir videokompromatlar borligini hisobga olsak, 2023 va 2025 yillarda bosti-bosti qilingan ushbu jinoyat ishi, yana bir bor yopilib ketishi – ajab emas. Buni faqat, keng jamoatchilikning kuchli e’tirozi to‘xtatib qolishi mumkin.
Amaldagi qonunchilikka zid ravishda hamda mamlakatda avj olayotgan klanlararo to‘qnashuvlar fonida, Prezident ma’muriyati rahbari Saida Mirziyoyeva hokimiyatni egallash operatsiyasining ochiq bosqichiga o‘tdi. Uning bu qadar faolligi ma’muriyat rahbari vakolatlari doirasidan ancha chetga chiqib, o‘zini yagona siyosiy voris sifatida ko‘rsatishga qattiq intilmoqda. Bugungi kunda O‘zbekistonda xavfli bir pretsedent yuzaga kelmoqda: davlat institutlari, xalq orasida „missionerka“ sifatida nom chiqargan qotillik tashkilotchisining shaxsiy manfaatlari yo‘lida ochiqchasiga qurbon qilinmoqda.
Rasmiy tashviqotning ko‘zbo‘yamachilikka asoslangan yaltiroq jilvasi Shavkat Mirziyoyev atrofidagi haqiqiy ziddiyatlarni yashira olmayapti. Axborot maydoni ustidan o‘rnatilgan qattiq nazorat va ma’muriy resurslar ham prezident qizining reytingini oshirishga yordam bermadi. Uni millatni birlashtiruvchi siymoga aylantirishga bo‘lgan urinishlar barbod bo‘ldi — xalq Saida Mirziyoyevani yetakchi sifatida emas, balki axloqiy tamoyillardan mahrum bo‘lgan, mansabparast va shalloqi kimsa sifatida qabul qilmoqda.
Kasbiy mahoratdan ko‘ra shaxsiy sadoqatning ustun qo‘yilishi hamda Saida Mirziyoyeva atrofidagi yoppasiga korrupsiyalashish, bir qator sharmandali xatolarga va o‘ta samarasizlikka olib keldi. Bu esa O‘zbekiston xalqining ochiqdan-ochiq noroziligiga va g‘azabiga sabab bo‘lmoqda.
Joriy yilning 8 yanvar va 3 mart kunlari “Erkin O‘zbekiston” siyosiy muxolifat harakati tomonidan e’lon qilingan surishtiruvlar, Saida Mirziyoyeva boshchiligidagi olamshumul fitna — uning o‘ynashi Komil Allamjonovga uyushtirilgan soxta suiqasd ssenariysini fosh etdi. Ushbu fosh qiluvchi maqolalar O‘zbekiston oliy rahbariyatidagi guruhlarni sarosimaga solib, ularni ketma-ket halokatli xatolar va yangi jinoyatlarga qo‘l urishga majbur qildi.
Shov-shuvli mojarolar girdobida qolgan Saida Mirziyoyeva voqealar rivojini tezlashtirishga va Davlat xavfsizlik xizmatiga qarshi ochiq qarama-qarshilikka kirishishga majbur bo‘ldi. Vaziyatni qutqarish ilinjida Prezident ma’muriyati rahbari “fake news” tarqatuvchisi sifatida tanilgan “Ozodlik radiosi” va rejim targ‘ibotchisi Abdurahmon Tashanov ishtirokida keng qamrovli axborot kampaniyasini boshladi.
Biroq bu shoshqaloqlik, kulgili vaziyatni yuzaga chiqardi: 2024 yilning kuzidan beri hibsda o‘tirgan xodimlar, go‘yoki 2025 yilda sodir etilgan qilmishlarda ayblandi.
2026 yilning 25 fevralidan 26 fevraliga o‘tar kechasi, musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyida, Chirchiq shahridagi 13-sonli koloniyaning jarima izolatorida Ismoil Jahongirov vahshiylarcha o‘ldirildi. Jahongirov Komil Allamjonovga qilingan soxta “suiqasd” ishi bo‘yicha uydirma ayblovlar asosida 23 yilga ozodlikdan mahrum etilgan edi. Mazkur siyosiy qotillikni tashkil etish va amalga oshirishdagi bevosita mas’uliyat O‘zbekiston Prezidenti administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyevaning zimmasidadir.
Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati o‘rtasida sun’iy ravishda nizolar keltirib chiqarish hamda ulardan foydalanish orqali, Saida Mirziyoyeva kuch ishlatar tuzilmalardagi umumiy beqarorlik fonida idoraviy ziddiyatlarni shaxsiy ta’sir vositasiga aylantirmoqda. Uning asl maqsadi — “Allamjonov ishi” sahnalashtirilganiga hamda Jahongirovning o‘ldirilishiga o‘zining shaxsan aloqadorligi haqida rad etib bo‘lmas dalillarga ega bo‘lgan maxsus xizmat xodimlariga qarshi qatag‘on mashinasini ishga tushirishdir. Bu yerda gap qonun ustuvorligi haqida emas, balki og‘ir davlat jinoyatlari izini yopish, guvohlarni yo‘q qilish va kuch ishlatar tuzilmalarini oldindan zaiflashtirish haqida ketmoqda.
Prezident administratsiyasi rahbari va Davlat xavfsizlik xizmati o‘rtasidagi ziddiyat nihoyat ochiq tus oldi. DXXning Abdurahmon Tashanovga — ya’ni Saida Mirziyoyevaning imiji uchun xizmat qiluvchi rejim targ‘ibotchisiga qilgan hujumi vaziyatning yanada keskinlashishiga sabab bo‘ldi.
Bu safar ham asosiy qurol sifatida yana o‘sha — rangbarang ehtiroslar doirasida ism chiqargan tergovchi, podpolkovnik Muhitdinov sahnaga chiqarildi. Maxsus xizmatlarning bu sinalgan qo‘g‘irchog‘i uchun axloqiy chegaralar ham, qonun normalari ham allaqachon notabiiy va begona tushunchalarga aylanib ketgan.
Voqealarning keyingi rivoji bularning barchasi oldindan puxta rejalashtirilgan arzon bir “teatr” ekanini tez orada isbotladi. Sud tizimining “mustaqilligi” haqidagi balandparvoz va’dalar niqobi ostida navbatdagi ommaviy sahna ko‘rinishi ijro etildi. Natija esa avvaldan ma’lum edi: shu yilning 1 aprel kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi Tashanovga nisbatan ochilgan ma’muriy ishni huquqbuzarlik tarkibi yo‘qligi sababli to‘xtatdi.
Mustaqil sud tizimi amalda mavjud bo‘lmagan sharoitda, bunday qarorlar xolislikdan mutlaqo yiroqdir. Ilgari ham siyosiy va buyurtma asosidagi hukmlari bilan tanilgan sudya Muzaffar Ahmedov, ayniqsa, Davlat xavfsizlik xizmati manfaatlariga bevosita daxldor bo‘lgan bunday vaziyatda mustaqil qaror chiqara olmas edi. Ishning taqdiri sud zalidagi o‘zaro bahslarda emas, balki prezident administratsiyasining yopiq xonalarida hal qilib bo‘lingan edi. Bu holat Shavkat Mirziyoyevning “yangi O‘zbekistonida” qonun ustuvorligi jinoiy to‘dalar manfaatlari oldida tiz cho‘kkan va taslim bo‘lganidan dalolatdir.
Xavfsizlik niqobi ostidagi o‘yin: O‘zbekistonni aslida kim boshqarmoqda?
Mirziyoyev hokimiyati tepasidagi muhit orqaga qaytmas inqiroz pallasiga kirdi: tizim ichidan chirib, boshqaruv jilovlari nazoratdan chiqib bormoqda. Kuch ishlatar tizimlari va prezident atrofidagi klanlar davlat institutlarini allaqachon o‘zlarining xususiy mulkiga aylantirib bo‘lishgan. Milliy xavfsizlikni ta’minlashi shart bo‘lgan idoralar bugunga kelib shaxsiy g‘arazlarni qondirish va jamiyat ustidan mutlaq nazorat o‘rnatish mashinasiga aylanib qolgan.
Shavkat Mirziyoyev tomonidan, joriy yilning 3 mart kuni harbiy xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tkazilgan yopiq yig‘ilish mudhish bir ziddiyatni yuzaga chiqardi: armiyani modernizatsiya qilish aynan shu tizimni o‘n yillar davomida ich-ichidan yemirib kelgan shaxslarga topshirildi.
Milliy xavfsizlikning qalqoni bo‘lishi kerak bo‘lgan armiya va DXX, aslida klanlarning boyligini asrovchi bezak niqobiga aylanib qolgan. Jinoiy guruhlarni keskin tozalamasdan turib, har qanday kadrlar almashinuvi — muqarrar halokatni kechiktirishga qaratilgan siyosiy o‘yindan boshqa narsa emas.
Oliy darajada modernizatsiya haqidagi balandparvoz shiorlar yangrayotgan bir paytda, joylarda davlat funksiyalarini hokimiyat vakillari tomonidan yashirincha egallab olish jarayoni jadal ketmoqda. Bu tizimda jinoiy to‘dalarga sodiqlik — qasamyod va professionalizmdan ustun qo‘yilmoqda.
Agar “o‘yin qoidalari” zudlik bilan qayta ko‘rib chiqilmasa, davlat mashinasi muqarrar ravishda ishdan chiqadi va mamlakatni HALOKAT bilan yuzma-yuz qoldiradi.
O‘zbekistonni qutqarib qolish uchun bu chirigan tizimni tag-tugi bilan vayron qilish va klanlar zanjirini ayovsiz tozalash shart. Aks holda, mamlakat tashqi agressorlar uchun oson o‘ljaga aylanadi va mintaqaviy kuchlar tomonidan batamom yutib yuboriladi. Ular esa, ishontirib aytamizki, bizning milliy manfaatlarimizni zarracha pisand qilmasdan, murosasiz ravishda o‘z irodasini o‘tkazadi.
Hokimiyat inqirozi: Saida Mirziyoyeva DXXga qarshi

Ruknlar
So’nggi yangiliklar
IIVni aslida kim boshqaradi?
13.04.2026Hokimiyat inqirozi: Saida Mirziyoyeva DXXga qarshi
06.04.2026Rejim xizmatidagi iblis himoyachisi: O’zbekiston huquqbonlarining asl basharasi
22.03.2026Muqaddas oyda sudsiz qatl etish
20.03.2026Davlat miqyosidagi sinizm: Mirziyoyevlar qonli izlarni yuvmoqda
18.03.2026Arxivlar
Bir oylik yangiliklar